Java dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Java dengizi
Yuzasi 552 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 111 m
Eng katta chuqurligi 1 272 m
Suv hajmi 61 000 km3

Java dengizi (indonezcha: Laut Jawa, javacha: Segara Jawa) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi dengiz, Sumatra, Java va Kalimantan orollari oraligʻida. Qirgʻoqlari baʼzi joylarda marjon riflari bilan oʻralgan. Mayd. 552 ming km². Eng chuqur joyi 1272 m. Suvining yuza qismidagi temperaturasi 27—28°. Shoʻrligi 31,5—34°/00. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 2 m gacha). Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Yirik portlari: Jakarta, Semarang, Banjarmasin.