Suv osti vodiylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suv osti vodiylari, suv osti kanʼonlari — dengiz va okeanlar tubining erozion, tektonik kuchlar taʼsirida oʻyilishi natijasida hosil boʻlgan uzun choʻzilgan toʻgʻri yoki egribugri chuqurliklar. Dengiz va okeanlarning materik sayozligi, yon bagʻri va tubida uchraydi. Erozion Suv osti vodiylari daryolarning dengizga quyilish qismining choʻkishi yoki dengiz sathining koʻtarilishi oqibatida hamda quruqlikdan keltirilgan turli mayda jinslarga boy dengiz osti suspenzion oqimlarning ishi natijasida xreil boʻladi. Baʼzi Suv osti vodiylariv. yirik daryolar quyilish yerining davomi hisoblanadi. Dengiz sathining koʻtarilishi natijasida daryolarning suv ostida qolib ketgan vodiylari yaxshi saqlangan (Gudzon, Hind, Kongo va boshqalar). Materik yon bagʻirlarida bunday vodiylar V simon shakldagi joʻyaklarni, nishab akkumulyativ shleyflar va okean tubi tekisliklarida chuq. 50 m dan bir necha yuz m gacha, eni 1–3 km, uz. 100 hatto ming km ga choʻzilgan egribugri vodiylarni vujudga keltiradi. Tektonik Suv osti vodiylariv. okean oʻrtaliq suv osti tizmalari zonalarining markaziy (rift) qismida materik chetlarining yorilishi, sinishidan yuzaga keladi. Suv osti vodiylariv.ning kelib chiqishida muzliklar ham bevosita rol oʻynaydi.