Grenlandiya dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grenlandiya dengizi - Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Grenlandiya, Shpitsbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen o.lari oraligʻida. Mayd. 1195 ming km2. Oʻrtacha chuq. 1444 m, eng chuqur joyi 5527 m. Oʻrtacha suv hajmi 1740 km3. G. d.ning iqlimi sovuq, arktika iqlimi. Dengizning gʻarbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmogʻi — Shpitsbergen iliq oqimi oʻtadi. Suvning oʻrtacha t-rasi shimoliy qismida fevralda —G dan past, jan. va jan.-sharqida 1—2°, avg .da shim.-gʻarbida 0 dan past, jan.-sharqida 6° gacha. Oʻrtacha shoʻrligi 33—35%". Har 12 soatda suv sathi 4,4 m gacha koʻtarilibpasayib turadi. Suvining rangi koʻpincha yashil. G.d. da kit va Grenlandiya tyuleni hamda baliq ovlanadi. Portlari: Barensburg (Shpitsbergen o.da), Akyureyri (Islandiya o.da).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil