Gidrografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gidrografiya (gidro... va ...grafim) — gidrologiyanint bir tarmogʻi, quruqlikdagi suv obʼyektlari (daryo, koʻl, suv omborlari)ni oʻrganadi. G. ularning oʻrni, oʻlchami va rejimini, suv obʼyektlarining tarqalishini, alohida tabiiy-tarixiy va landshaft-geografik zonalarda ularning xoʻjalik ahamiyati va ulardan foydalanishni (kema qatnovi va b.) tadqiq etadi. Gidrografik maʼlumotlar suv obʼyektlarini oʻzlashtirishning transport va energetika ahamiyati, qurgʻoqchilik, toshqinga qarshi kurashish, melioratsiyani rivojlantirish va b. uchun muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil