Bentos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bentos (yun. benthos — chuqurlik) — dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchikda va uning ustida yashaydigan organizmlar. B. oʻsimliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) B.ga ajratiladi. Zoobentos oʻz navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar — infauna (koʻp tuklilar. ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va boshqalar)ga, loyqa ustida oʻrmalab yuruvchilar — onfauna (koʻp tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar), substratga yopishib yashovchilar — epifauna (gʻovak tanlilar, gidroidlar, aktiniyalar. Korallar, mshankalar, dengiz yopgoqchalari, ayrim ikkipallalilar). suv tubi yaqinida suzib yuradigan, baʼzan suv tubiga tushib turashgan nsktobentos (krevetkalar. mizidlar, ayrim goloturiyalar, suv tubi baliklari va boshqalar)ga ajratiladi. Tanasining oʻlchami boʻyicha B. makrobentos (5 – 10 mm va undan yirikroq organpzmlar), meyobentos (0.5 mm dan 10 mm gacha) va mikrobeitosga (0.5 mm dan kichik) boʻlinadi. Dengizning sayoz qismida fitobentos asosan makrofitlar (suv oʻtlari)dan, chuqur qismida esa hayvonlar va bakteriyalardan iborat. Dengizlarda B. biomassasi chuqurlik ortishi bilan kamayib boradi. Dengiz tubining 8% ni tashkil etadigan sohil boʻyi suvlari (chuq. 200 m gacha) biomassasiga dengiz biomassasining 60%, aksincha suv tubining 3Gʻ4 qismiga teng boʻlgan abissal qismiga 10% biomassa toʻgʻri keladi. Okean B. yalpi biomassasi 10— 12 mlrd. t ga teng . Chuchuk suvlarda B. son va turlar jihatidan nisbatan xilmaxil boʻlmaydi. Zoobentos tarkibiga har xil umurtqasiz hayvonlar. fitobentosga suv oʻtlari va gulli oʻsimliklar kiradi. B. koʻpchilik baliklar va boshqa hayvonlar uchun oziq hisoblanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil