Sharqiy Xitoy dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Sharqiy Xitoy dengizi
Sharqiy Xitoy dengizi - Sharqiy Xitoy dengizi
Sharqiy Xitoy dengizi
Joylashuvi Tinch okeani
Koordinatalari Koordinatalari: 30°N 125°E / 30°N 125°E / 30; 125 G O
Okean tipi Okeandagi yarim yopiq dengiz
Yuzasi 836000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 114
Eng katta chuqurligi 2719
Suv hajmi 258000 km2


Sharqiy xitoy dengizi, Dunxay — Tinch okeandagi yarim yopiq dengiz, gʻarbda Xitoyning sharqiy qirgʻoqlari, janubida Tayvan o., sharqda Yaponiyaning Kyusyu va Ryukyu o.lari, shimolida Koreya boʻgʻozi orqali Yapon dengizi bilan chegaralangan. Maydoni 836 ming km². Dengizning gʻarbiy qismi materik sayozligida, chuqurligi sharqqa tomon ortib boradi. Eng chuqur joyi 2719 m. Yqlimi mussonli, dovul koʻp boʻladi. Oʻrtacha tra fevral

da 5° dan (shim.gʻarbda) 15° gacha (jan.sharqda), avgustda 26°. Yillik yogʻin 1100 – 2200 mm (asosan, yozda yogʻadi). Sharqiy qismida doimiy sharqiy oqim — Shimoliy Passat iliq oqimi mavjud. Sh.Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladigan eng yirik daryo — Yanszi dengizga katta miqsorda chuchuk suv keltiradi, shu sababli gʻarbida suvning shoʻrligi sharqiga nisbatan kamroq (5— 10%o dan 30—34,5%o gacha). Suv qalqishi yarim sutkalik (7,5 m gacha). Baliq va boshqalar dengiz hayvonlari ovlanadi, tuz olinadi. Yirik portlari: Shanxay, Xanchjou, Ninbo, Szilun, Nagasaki.