Barens dengizi
Barens dengizi | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 75°N 40°E / 75°N 40°E G OKoordinatalari: 75°N 40°E / 75°N 40°E G O |
Yuzasi | 1 400 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 230 m |
Eng katta chuqurligi | 600 m |
Suv hajmi | 282 000 km3 |
Barens dengizi - Shim. Muz okeanining eng chekka dengizi. Yevropaning shim. materik qirgʻogʻi bilan Frans-Iosif Yeri, Vaygach, Shpitsbergen, Novaya Zemlya va Medvejiy o.lari oraligʻida. Dengiz sayyohi V. Barens nomi bilan atalgan. Maydoni 1424 ming km². Oʻrtacha suv xajmi 282 ming km3, oʻrtacha chuq. 360 dan 400 m gacha, eng chuqur joyi 600 m. Qirgʻoq chizigʻi notekis, baland qoyali, qoʻltiq va qoʻltiqchalar (Chyosha, Pechora, Xaypudir va boshqalar) koʻp. Dengizda orollar kam. Eng kattasi — Kolguyev orol Barens dengizi ga materikdan yiliga 163 km3 suv quyiladi, shundan 70% ini Pechora daryosi olib keladi, Indiga daryosi ham Barens dengizi ga quyiladi. Porsangerford, Varangerford, Motovskiy, Kola va boshqa qoʻltiqlari bor. Barens dengizi iqlimi arktika iqlimiga mansub, lekin Golfstrim oqimi taʼsirida qishi iliqroq. Havoning oʻrtacha temperaturasi fevralda shim.da — 20° dan — 25°gacha, jan.-gʻarbda — 4°; avgustda shim.da 0°; jan.-gʻarbda 10°. Yogʻin miqdori shim.dan (250 mm) jan.-gʻarbga qarab ortib boradi (500 mm). Barens dengizi suvining shoʻrligi 32 — 35‰. Yil davomida dengizning faqat jan.-gʻarbiy qismi iliq Nordkap oqimi taʼsiridan muzlamaydi. Boshqa qismlari qishda qalin muz bilan qoplanadi, shim.da muz yil boʻyi erimaydi. Barens dengizi da oq ayiq, nerpa, Grenlandiya tyuleni, beluxa, kosatka, narvalyashaydi, qirgʻoqlarida qushlar "bozori" bor. Barens dengizi dan treska, piksha, dengiz okuni, seld, kambala, paltus kabi baliqlar ovlanadi. Kola ya. o.ning shim.da, Barens dengizi sohilida Rossiyaning muzlamaydigan port shahri — Murmansk va Norvegiyaning Varde porti joylashgan. Barens dengizi tashqi yuk oborotida transport, baliqchilikda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |