Xalqaro sud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

  Xalqaro sud - Birlashgan Millatlar tashkilotining oltita asosiy organlaridan biri bo'lib, davlatlarning o'rtasidagi muammolar bilan shug'illanadi va xalqaro huquq asosida o'zining xolis maslahatlarini beradi. Xalqaro sud dunyoda davlatlarning o'zaro muammolari bilan bevosita ish ko'radigan va uning maslahatlari va qarorlari xalqaro huquqning boshlang'ich asoslari sifatida foyalanadigan dunyodagi yagona sud sanaladi.

Xalqaro sud 1920 - yilda Millatlar Ligasi tomonidan tashkil etilgan Doimiy Xalqaro Sud vorisi hisoblanadi. Ikkinchi Jahon Urushidan keyin Millatlar Liga Birlashgan Millatlar taskilotiga , Doimiy xalqaro sud esa Xalqaro sudga almashtirildi. Xalqaro sudning maqsadi va tuzilishini belgilab beruvchi nizomi o'zidan oldingi tashkilot nizomidan o'z kuchini saqlab qolgan ko'plab qarorlari oladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo barcha davlatlar Xalqaro sud nizomining ishtirokchisilari sanalib, o'zlariga doir bo'lgan turli xil muammolarni qo'zg'atishi mumkin. Shunga qarmay, maslahat jarayonlari faqat BMTning ayrim organlari va agentliklari tomonidan taqdim etilishi mumkin.

Xalqaro sud BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan to‘qqiz yil muddatga saylanadigan 15 nafar sudyadan tashkil topgan hay’atdan iborat. Sudda bir vaqtning o'zida har bir millatning birdan ortiq sudyasi vakil bo'lishi mumkin emas va sudyalar birgalikda dunyoning asosiy sivilizatsiyalari va huquqiy tizimlarini aks ettirishlari kerak. Sud Niderlandiyaning Gaaga shahridagi Tinchlik saroyida joylashgan I[1] Uning rasmiy ish tillari ingliz va fransuz tillaridir.

1947-yil 22-mayda boshlab Xalqaro sud 2022-yil sentabrgacha 184 ta ishni koʻrib chiqdi [2]

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushidagi misli ko'rilmagan qon to'kilishi 1919-yildagi Parij tinchlik konferenssiyasi tomonidan tinchlik va jamoaviy xavfsizlikni saqlashga qaratilgan birinchi jahon miqyosidagi hukumatlararo tashkilot sifatida Millatlar Ligasining tuzilishiga olib keldi. 14-modda Liganing paktida har qanday xalqaro nizolarni hal qilish, shuningdek, har qanday nizo yoki ko'rsatilgan savol bo'yicha maslahat xulosasini taqdim etish uchun mas'ul bo'lgan Doimiy Xalqaro Sudni tashkil etishga chaqirdi.


Doimiy Xalqaro Sud bir necha jihatdan xalqaro huquqshunoslikga yangiliklar olib keldi :

  • Oldingi xalqaro arbitraj sudlaridan farqli o'laroq u o'zining qonun hujjatlari va huquqiy normalari bilan boshqariladigan doimiy organ edi.
  • Uning hukumatlar va xalqaro organlar bilan aloqa o'rnatuvchi doimiy aloqa tizimi mavjud edi;
  • Uning muhokamasi asosan da'volar, og'zaki dalillar va barcha hujjatli dalillar xalqning bevosita ishtiroki bilan amalga oshirilgan.
  • Doimiy Xalqaro sud nizomi birinchi bo'lib u foydalanadigan huquq manbalarini sanab o'tdi va bu o'z navbatida xalqaro huquq manbalariga aylandi.
  • Sudyalar har qanday oldingi xalqaro sud organiga qaraganda dunyo va uning huquqiy tizimlarining vakili hisoblangan.


Ikkkinchi Jahon urushi yakunlanishi bilan Doimiy Xalqaro sud 1945 yil oktyabr oyida yig'ildi va o'z arxivlarini Tinchlik saroyidagi o'rnini egallagan merosxo'rga topshirishga qaror qildi. 1946- yil aprel oyida Doimiy sud rasman tarqatib yuborildi va Xalqaro sud o'zining birinchi yig'ilishida sobiq sudning so'nggi prezidenti bo'lib ishlagan Salvador prezidenti Xose Gustavo Gerreroni sudya ha'yati rais etib saylandi.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro sud BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan saylangan shaxslar ro'yxatidan to'qqiz yil muddatga saylangan o'n besh sudyadan iborat. Saylov jarayoni sud nizomining 4–19-moddalarida belgilangan tartibda, ya'ni saylovlar sud faoliyatiniing uzluksiz holda davom ettirish uchun har uch yilda 5 nafardan sudyalarni bosqichma -bosqich saylab boriladi. Agar sudya vafot etsa, amaliyotda odatda sudyani muddatini yakunlash uchun maxsus saylov chaqirishdan iborat bo'ladi.

Ikki nafar sudya bir vaqtning o'zida bir mamlakat fuqarosi bo'lishi mumkin emas. 9-moddaga ko'ra, Xalqaro sudga a'zolik "sivilizatsiyaning asosiy shakllari va dunyoning asosiy huquqiy tizimlari" ni ifodalashi zarur. Bu umumiy , fuqaroliki va sotsial huquqni anglatadi.


Nizomning 6-moddaga ko'ra barcha sudyalar “millatidan qatʼi nazar, oʻz davlatlarida oliy sudyalik lavozimiga munosib boʻlgan yoki xalqaro huquq sohasida yetarli malakaga ega boʻlgan advokat bo'lgan oliy maʼnaviyatli shaxslar orasidan saylanishi” belgilangan. Nizomning 16–18-moddalariga ko'ra sudyalari boshqa lavozimni egallashi yoki maslahatchi vazifasini bajarishi mumkin emas [3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Court“ (en). www.icj-cij.org. 2018-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-yanvar.
  2. „Cases“. www.icj-cij.org. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
  3. ICJ Statute, Article 18(1)