Norvegiya dengizi
Jump to navigation
Jump to search
Norvegiya dengizi - Shim. Muz okeanining chekka dengizi. Skandinaviya ya.o. bilan Shetlend, Farer, Irlandiya, Yan-Mayen, Medvejiy o.lari oraligʻida. Atlantika okeanidan suv osti tizmasi ajratib turadi. Maydoni 1340 ming km². Eng chuqur joyi 3970 m. Iliq oqim oʻtganligidan qishda muzlamaydi. Suvining temperaturasi fevralda 8—12°. Shoʻrligi 34—35,2°/oo- Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 3,3 m gacha). Baliqqa boy. Asosiy portlari: Tronxeym, Tromsyo, Narvik.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |