Irlandiya dengizi
Irlandiya dengizi | |
---|---|
Joylashuvi | Buyuk Britaniya va Irlandiya |
Koordinatalari | 53°N 5°W / 53°N 5°W G OKoordinatalari: 53°N 5°W / 53°N 5°W G O |
Okean tipi | Dengiz |
Yuzasi | 46,007 km2 (17,763 mi²) |
Suv hajmi | 2,800 km3 (2.3×109 acre·ft) |
Irlandiya dengizi - Atlantika okeani dengizi. Buyuk Britaniya oroli bilan Irlandiya oroli oraligʻida shimolda va San-Georg boʻgʻozlari orqali okean bilan tutashgan. Materik sayozligida joylashgan. Maydoni 47 ming km2. Chuqurligi 157 m gacha. Yirik orollari: Men va Anglsi. Qirgʻoqlarida qoʻltiqlar koʻp. Yil davomida gʻarbiy shamollar esib turadi. Qishda boʻronlar boʻladi. Suv temperaturasi qishda 5°—16°. Shoʻrligi 32%O— 34,5%. Suv sathining koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanib, balandligi 8,4 m ga yetadi. Baliq ovlanadi. Yirik portlari: Liverpul (Buyuk Britaniya) va Dublin (Irlandiya)[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |