Natriy gidroksid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Natriy gidroksid (oʻyuvchi natriy, kaustik soda), NaOH — rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 323°, qaynash temperaturasi 1403°, zichligi 2,02 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi, erish vaqtida issiklik ajratib chiqaradi. Gigroskopik. Suvdagi eritmasi kuchli ishqor. Suvsiz NaOH 61,8° dan yuqorida kristallanadi. Havodagi namni tortadi, shu sababdan yoyilib ketadi va natriy karbonatga aylanadi. N.g . natriy metali va natriy gidritni eritadi.

Osh tuzining suvdagi eritmasi (na-makob)ni elektroliz qilib hosil qilinadi. Sunʼiy ipak, sovun va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va boshqa sanoat tarmoklarida ishlatiladi. Koʻpgina organik birikmalar, charm va qogʻozlarni yemiradi. Teriga tegsa kuydiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil