Yapon dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yapon dengizi
Koordinatalari Koordinatalari: 40°N 135°E / 40°N 135°E / 40; 135 G O
Eng katta uzunligi 2254
Yuzasi 1 062 000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 1753 m
Eng katta chuqurligi 3742 m
Suv hajmi 1 630 000 km3

Yapon dengiziTinch okeanning yarim berk dengizi. Yevrosiyo materigi bilan Saxalin va Yapon orallari oʻrtasida. Boʻgʻozlar orqali shimolida Oxota dengizi, sharqda Tinch okean, janubida Sharqiy Xitoy dengizi bilan tutashgan. Mayd. 1062 ming km². Eng chuqur joyi 3720 m. Sohillari baland, tik yon bagʻirli, kam parchalangan. Yirik qoʻltikdari: Sharqiy Xitoy va Buyuk Petr. Dengiz tubining relyefi soylik. Markaziy qismida Yamato qiri bor. Iqlimi moʻʼtadil, mussonli iqlim. Qishda shim.gʻarbiy sovuq shamol esib turadi. May. oyidan oktyabrgacha tayfunlar, bahor va yozda tumanli kunlar boʻlib turadi. Yuza oqimlar siklonal aylanma yoʻnalishda harakat qiladi. Suvining yuza qatlamida temperatura qishda shimolida 0°dan janubida 12° gacha, yoz oylarida 17° dan 26° gacha. Shimoliy qismidagi materikka yondosh suvlari qishda muzlaydi. Shoʻrligi 27,5%o dan 34,8%s gacha. Suvining rangi yashil, yashilkoʻk. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 0,5 m gacha), Tatar boʻgʻozida 2,3 m gacha. Dengizning oʻsimlik dunyosi gulli oʻsimlik va suvoʻtlardan iborat. Suvoʻtlarning ayrim turlaridan xoʻjalikda foydalaniladi. Hayvonot dunyosi shim. qismida sovuq suvda yashashga moslashgan (seld, treska, navaga, losossimonlar, kambala va boshqalar), janubida iliq suvda yashovchilar (skumbriya, tunetslar, ilonbaliq)dan iborat. Dengizda koʻplab baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. Yapon dengizi muhim transport ahamiyatiga ega. Asosiy portlari: Vladivostok, Naxodka (Rossiya), Niigata, Suruga (Yaponiya), Vonsan, Xinnam, Chxonjin (KXDR) va boshqalar.