Shimoliy qutb

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shimoliy qutb - Yer aylanishi faraziy oʻqining yer yuzasi bilan kesishadigan Shimoliy yarim shardagi nuqtasi. Shim. Muz okeanining chuq. 4000 m li markaziy qismida joylashgan. Shimoliy qutb atrofida yil davomida koʻp yillik muzlar suzib yuradi. Qishda oʻrtacha havo temperaturasi —40°, yoz oylarida 0°, ayrim kunlarda 1 — 2° gacha koʻtariladi. Qutb kuni 186 sutka va 10 soat, qutb tuni 178 sutka va 14 soat davom etadi.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]