Okean

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Okean (yunoncha Ωκεανός (Okeanos)) yoki ummon dengiz suvidan iborat global jism boʻlib, gidrosferaning asosini tashkil etadi. Yer yuzasining taxminan 71%'ini (~361 million kvadrat kilometr) Dunyo Okeani egallagan. Bu okeanning yarmidan koʻpi 3,000 metrdan chuqur. Okean suvining oʻrtacha shoʻrligi 35 promille (3.5%).

Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir.

Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, Dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650 yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alo-hida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845 yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Xind okeanlari. 20-asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari qurukdikxa ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq.

Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energi-yasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti).

Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq.

Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi.

Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean kaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari.

Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami.

Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Sko-tiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuq. 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi.

Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar, shuningdek, yirik vulkan massivlari uchraydi.

Okean tubi choʻkindilari[tahrir]

Keyingi yillarda olib borilgan geologik va seysmik tadqiqotlar shuni koʻrsatadi-ki, gʻovak choʻkindilarning qalinligi Okeanning materik yaqinidagi zonalarida 2000–3000 m va undan ham ortiq boʻlsa, okean oʻrtasidagi togʻ tizmalarida, tik togʻ yon bagʻirlarida va materik yon bagʻri jarliklarida bir necha oʻn m va, hatto, nol m ga tengligi aniklandi.

Okean tubi choʻkindilari orasida terrigen, biogen (ohakli va kremniyli), vulkanogen va aralash (poligen) choʻkindilar ham boʻladi, chuqur suv osti qizil gillari ana shunday aralash (poligen) choʻkindilardir. Terrigen choʻkindilar materiklarning suv ostidagi chekkalarida, Okean qaʼrining chetlarida va chuqur suv novlarida uchraydi. Ohakli choʻkindilar Okeanning issiq va moʻʼtadil zonalarida (50° shimoliy kenglikdan 50° janubiy kenglikkacha) koʻproq tarqalgan; Okean qaʼrida ular foramini-fera va kokkolit-foraminifera yotqi-ziqlaridan, sayoz joylarda — chigʻanoq va marjon yotqiziqlaridan iborat boʻladi. 4500–5000 m dan chuqurda SaSO3 erigan holatda boʻlgani uchun ohak choʻkindilar yoʻq. Kremniyli choʻkindilar (radiolyariya va diatom choʻkindilar) yuqori mahsulli fitoplankton zonalariga muvofiq ravishda 3 mintaqa — ikkita qutb yoni va bitta ekvatorial mintaqalar hosil qiladi. Chuqursuv qizil gili 4500–5000 m va undan ham chuqur botiklarda boʻladi. Okeanning faol subaerol vulkanizm zonalariga yondashgan qismlarida vulkan choʻkindilari shakllanadi. Okean tubida karbonatli choʻkin-dilar (150 mln. km²), chuqursuv qizil gillari (PO mln. km² dan koʻproq) va kremniyli gillar (60 mln. km²ga yakin) eng koʻp maydonni egallagan.

Okean tubida endogen moddalar suv usti vulkanlari mavjud joylardagina toʻplanmay, Okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari va yirik siniqdar yaqinida ham uchraydi. Tarkibida metallar, baʼzi hollarda rudalar [(20—40% gacha Fe), Mn, Co, Ni, Pb, Zn, Ag, Se, Hg va boshqa elementlar] boʻlgan qatlamlar ana shular jumlasidandir.

Okean choʻkindilari dengiz choʻkindilariga nisbatan sekinroq toʻplanadi. Chuqur suv qizil gillari 1000 yil ichida 1 mm, ohakli va diatomli choʻkin-dilar 1000 yilda 1–30 mm gacha yigʻiladi. Materik yon bagʻrining asosida terrigen choʻ kindilar eng tez toʻpla-nadi (1000 yilda 100 mm).

Okean choʻkindilarining asosiy qismi zarrachalar shaklida yoki erigan holda materiklardan keladi. Choʻkindilarning miqdori va xili iqlim, vertikal, gorizontal va sirkumkontinental zonallikka, shuningdek, tektonik rejimga bogʻliq.

Kelib chiqishi va geologik tarixi[tahrir]

Okean suvi Yer mantiyasi moddalarining differensiatsiyasi mahsulidir. Okeandagi botiklarning paydo boʻlishi haqida turli gipotezalar bor. Chuqur suv havzalaridan iborat hozirgi Okean kamida yura davridan beri mavjud, chunki Okean tubida bundan qad. jinslar topilganicha yoʻq. Boʻr davri va kaynozoy erasida havzalar yanada chuqurlashdi va abissal choʻkindilar toʻplanib bordi. Yaqin geologik oʻtmishda chekka geosinklinal havzalar hisobiga materik chetlari oʻsib borgan. Geosinklinal dengizlar botiqlaridagi ancha qalin choʻkindilar Okeanning juda qadimiyligidan dalolat beradi. Okean tubi yirik relyef shakllarning vujudga kelishida Yer poʻstining vertikal va gorizontal harakatlari muhim rol oʻynadi (qarang Yer).

Suvlari geokimyosi[tahrir]

Okean suvi oʻrtacha 35 g/l konsentratsiyali tuzlar eritmasidan iborat. Okeanda hammasi boʻlib 5-YU22 g erigan tuzlar bor. Okean tuzlari massasi tarkibi materiklardan keladigan choʻkindilarning erishi, atmosfera bilan modda almashish jarayoni va Okean tubi choʻkindilari, shuningdek, dengiz organizmlarining hayot faoliyati natijasida tartibga solib turiladi. Ti, Mn, Zr va boshqa baʼzi metallarning ionlari gidroliz natijasida koagulyasiyalanadi va gid-rooksidlar shaklida Okean tubiga choʻkadi. Dengiz suvining bir kancha mikroelementlari — Si, Pb, Mo, Hg, Zn, U, Ag, siyrak yer elementlari va boshqa turli xil tabiiy sorbentlar — organik modda, temir va marganets gidrooksidlari, kalsiy fosfat, silikatlar bilan adsorbsiyalanish yoʻli orqali choʻkadi.

Okean suvida atmosferadan tushadigan va okean suvi katlamlarida vujudga keladigan turli xil gazlar ham erigan holda mavjud. Okeandagi hayot faoliyatini belgilab beradigan O2 va SO2 ayniqsamuhim ahamiyatga ega. Bir qancha inert (kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etmaydigan) gazlar —N2, Ar, Kg, Xe ham bor. Suvning ustki qatlamlarida (100– 150 m) O2 miqdori eng koʻp (7—8 ml/ l); chuqurlashgan sari 3,0—0,5 ml/l ga tushib qoladi, bir xil joylarda umuman O2 yoʻq. SO2 esa, aksincha, suvning chuqur qatlamlarida eng koʻp boʻladi.

Fitoplanktonning fotosintetik faoliyati suvning ustki (100–150 m gacha chuqurlikda boʻlgan) qatlamlaridagi erigan gazlarni kislorod bilan boyitadi, SO2 ni yutadi. Organizmlar ugleroddan tashqari Si, Ca, Mg, K, Vg, I, R, Na, shuningdek, fiziologik ahamiyatga ega boʻlgan V, Zn, Cu, Co, Ni kabi bir qancha ogʻir metallarni ham yutadi. Organizmlar oʻlganda bu elementlarning bir qismi choʻkadi va tegishli sharoitda toʻplana boradi. Temir-mar-ganetsli konkretsiyalarda Si, Zn, Ni, So, Mo, Ag, Ti, Pb va boshqa elementlar ham Yigiladi. Temir-marganetsli konkretsiyalarning umumiy miqdorini 10p ga teng deb hisoblash qabul qilingan.

Mineral va energetika resurslari[tahrir]

Okean boy mineral resurslar manbaidir. Ular dengiz suvlarida erigan hoddagi kimyoviy elementlar; dengiz tubi ta-gidagi va tubi yuzasidagi foydali kazilmalardan iborat.

20-asrning 70-yillarigacha dengiz suvlaridan, asosan, osh tuzi (yiliga 8 mln. t), natriy sulfat, magniy xlorid, kaliy xlorid, brom xlorid olinar edi. Fantexnikaning keskin rivojlani-shi sharoitida dengiz suvlaridan xil-ma-xil kimyoviy elementlar olish is-tiqbollari ochilmoqda.

Okeandan olinadigan mineral xom ashyo umumiy qiymatining 90% neft va gazga toʻgʻri keladi. Shelf zonasidagi neft va gazga boy maydon 13 mln. km² ga teng (shelf umumiy maydonining ‘/2 qismi). taxminan hisobga koʻra. Okeandagi neftning geologik zaxiralari (305 m chuqurlikkacha) 280 mlrd. t, gazniki — 140 trillion m³. 20-asr 70-yillar boshi-gacha neft va gaz qirgokdan 150 km uzoklikdagi 100–110 m chuqurliklardan olinar edi, Yaqin kelajakda bu ishlarni Okeanning qirgʻoqdan ancha uzoq va chuqurroq joylarida amalga oshirish imkoni tugʻiladi. 40 ga yaqin mamlakat dengiz tubidan neft va gaz chiqarish bilan shugʻullanadi, 100 ga yaqin mamlakat dengiz va Okean shelf zonalarida qidiruv ishlari olib bormokda. Dengiz tubidan neft va gaz chiqarishning eng yirik konlari Fors va Meksika qoʻltiqlarida joylashgan. Shimoliy dengiz tubidan ham neft va gaz olinmokda.

Shelf metall rudalari va nometall qazilmalarga ham boy. Ular ichida titanli minerallar — ilmenit va rutil, shuningdek, sirkon va monatsit muhim ahamiyatga ega; eng yirik konlar Avstraliya (sharqiy sohil)da boʻlib, yiliga 1 mln. t titanli minerallar chiqariladi. Bunday sochma konlar Hin-diston, Shri Lanka, Malayziya va boshqa mamlakatlar yaqinida ham uchraydi. Qalay (Malayziya, Indoneziya, Tailand, Vyetnam va Osiyodagi b. mamlakatlar qirgʻoqlari yaqinidagi shelflarda), temir rudasi (Yaponiya, Kanadadagi Nyufaundlend), sof oltingugurt (Meksika), kumir (Kanada) va boshqa qazib chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda; bir qancha joylarda oltin va platina (mas, AQShdagi Alyaska va Kalifor-niyada), tantaloniobat, magnetit, titan-magnetit, xromit, olmos (Afrikaning janubi-gʻarbiy qirgʻogʻidagi Namibiyada) ham topilgan. Fosforit konkretsiyalari yotkiziklari (Meksika, Peru, Chili, JAR va boshqalar) keng tarqalgan.

Okean tubining keng maydonlarida oʻziga xos koʻp komponentli rudalar — temirmarganets konkretsiyalari yotqiziqlari topilgan; ularning potensial zaxiralari bir necha trillion t hisoblanadi; bu rudalar tarkibidagi marganets, nikel, kobalt zaxiralari ularning quruqlikdagi zaxiralaridan bir necha marta koʻp. Baʼzi mamlakatlarda 4 ming m chuqurlikdan sanoat yoʻli bilan konkretsiyalar qazib chiqarish sinab koʻrilmoqda.

Neft va gazdan boshka energetika resurslari ham muhim potensial ahamiyatga ega. Okeandan energiya olish uchun toʻlqinlar kuchi, suv koʻtarilishi va qaytishi yuzaga keltiradigan sath ta-fovuti yoki suv yuzasi va tagidagi temperatura tafovutidan foydalanish mumkin. Suv koʻtarilishi energiyasining quvvati 1 mlrd. kVt hisoblanadi. Dastlabki suv koʻtarilishi elektr stansiyasi Fransiyaning La-Mansh sohilida, Rane daryosi quyiladigan joyda qurildi (1967); Rossiya Federatsiyasida Kola yarim orolning shimolida Kislaya Guba suv koʻtarilishi va qaytishi bilan ishlaydigan elektr styasi tajriba tariqasida qurildi (1968); yanada kattaroq quvvatli suv koʻtarilishi va qay-tishi elektr stansiyalari qurish loyihalari tuzilmokda. Kanada, AQSH, Buyuk Britaniyada ham bunday stansiyalar loyihalari ishlab chiqilmokda. Okeanning ter-mik energiyasidan foydalanishda tropik oʻlkalarda sharoit ayniqsa, qulay. Bu yerlarda qirgʻoq zonasidagi suvlarning temperaturasi ustki qatlamlarda 30°, 400–500 m chuqurliqda esa 8—10°. Birinchi gidrotermal elektr stansiyasi Abidjan yaqinida (Kot-d’Ivuar)da quriddi. Okean ogʻir vodorod (deytriy)ning asosiy manbaidir. Termoyadro reaksiyasini muvaffaqiyatli boshqarish masalasi xal qilinsa, ogʻir vodorod bitmas-tuganmas energiya manbaiga aylanadi.

Gidrologik rejimi[tahrir]

Okeanning issiqlik balansi. Okean issiqlik balansining asosiy tarkibiy qismlari: radiatsiya balansi (quyoshning yalpi radiatsiyasidan Okeanning nur qaytarishi ayirmasi), bugʻlanishga sarflanadigan issiklik, okean yuzasi bilan atmosfera oʻrtasidagi turbulent issiklik almashinishi va oqimlarning issiqlikni bir joydan ikkinchi joyga olib ketishi.

Jami radiatsiya yukrri kengliklardan quyi kengliklarga qarab kupaya boradi va atmosfera bosimi yukrri bulgan joylarda 20° shimoliy kenglik va 20° janubiy kenglikda maksimumga yetadi, bu narsa tropik va subekvatorial kengliklarda bulut kam boʻlishiga bogʻliq. Bosim baland joylarda bugʻlanishga ham maksimal issiqlik sarf boʻladi. Turbulent issiqlik almashinish barcha kengliklarda ham boshqalardan kam boʻladi. Okean suvi 30° shimoliy kenglik bilan 30° janubiy kenglik orasida issiqlikni yutadi va yuqori kengliklarda esa issiqlikni atmosferaga beradi. Bu faktlar yilning sovuq yarmida oʻrta va qutbiy kengliklarda iklimni anchagina yumshatib tu-radi. 3-jadvalda Okean issiklik balansining tarkibi kkal/sm2 yilda kenglik mintaqalari boʻyicha berilganSuv balansi. Okean yuzasidan bugʻlanadigan namlik, yogʻin suvlari va materikdan oqib tushadigan suvlardan tarkib topadi. Ana shu suvlarning nis-bati turli kengliklarda Okean suvining shoʻrlik darajasini belgilaydi. Materiklardan oqib tushadigan suvlar Okeanga tushadigan yogʻin suvlarining atigi 10% ini tashkil etadi. Shimoliy yarim sharda bugʻlanish bir yilda 111,9 sm; yogʻin 116,7 sm ga, Janubiy yarim sharda bugʻla-nish 113,0 sm, yogʻin 91,6 sm ga teng. Oʻrtacha va qutbiy kengliklarda muzlarning erishi va suv muzlashi ham suv balansida muhim ahamiyatga ega.

Temperaturasi[tahrir]

Suvning 1 sm qalinlikdagi ustki qatlami Okean ustiga tushadigan quyosh energiyasining 94% ini yutadi. Aralashish natijasida issiklik Okeanning barcha qatlamlariga oʻtadi. Okean yuzasidagi suvlarning yillik oʻrtacha temperaturasi 17,5°, Okean ustidagi havo temperaturasi esa 14,4° ga teng. Shimoliy yarim sharda suv temperaturasi Janubiy yarim shardagiga nisbatan baland-roq (materik taʼ-sirida). Termik ekvator (eng katta temperaturalar liniyasi) ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda oʻrtacha yillik temperatura 28°, yopiq tropik dengizlarda esa 32°. Ekvatordan qutblarga uzoklashgan sari u qutbiy oʻlkalarda sekin-asta 1,5—1,9° gacha pasayadi. temperaturaning mav-sumiy tebranishlari 100–150 m chuqurlikkacha yuz beradi. Chuqurlashgan sari temperatura pasayadi va tubi yuzasidagi qatlamda 0° dan pastga tushadi. Pekin bu holat hamma yerda ham bir xil boʻlmaydi. Okean tubida temperatura yuzadan kelib turadigan suv temperaturasiga bogʻliq. Okean tubiga yakin suv temperaturasi 1,4—1,8°, qutbiy oblastlarda esa 0° dan past boʻladi. 7 ming m dan chuqur botiklarda temperatura pasaymasdan, ak-sincha, adiabatik jarayon taʼsirida bir gradusning oʻndan bir ulushlarigacha orta boradi.

Shoʻrligi[tahrir]

Suv balansining tarkibiy qismlari nisbatiga qarab shoʻrlik 0%o dan (yirik daryolar quyiladigan joyda) 30—42%o (tropik dengizlarda — Qizil dengiz, Fors qoʻltigʻi, Oʻrta dengiz) gacha boʻladi. Bunga okimlar, muz hosil boʻlishi va muz erishi ham taʼsir etadi. 5-jadvadda turli xil kengliklardagi Okean yuzasidagi shoʻrlikning oʻrtacha miqsori koʻrsatilgan.

Shimoliy yarim sharda Janubiy yarim shardagiga nisbatan shoʻrlik kamroq: Atlantika okeanining tropik kengliklaridagi qismida 37,25%o; qutbiy oʻlkalarda shimolida 31,4%0; janubida 33,93%O; ekvatorda 32—34%o. Shoʻrlikning mavsumiy oʻzgarishi suvning yuza qismida, 100– 150 m chuqurlikkacha seziladi.

Okean suvlarining sirkulyasiyasi[tahrir]

Okeanning 150–200 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza kismida Okean suvlari koʻp esa-digan shamollar taʼsirida sirkulyasiya qiladi. Suvning bu qatlamlari tropik va subtropik kengliklarda antitsiklonal, yuqori va moʻʼtadil kengliklarda siklonal aylanma harakat qiladi. Passatlararo teskari okim mavsumiy harakterga ega va faqat Tinch okeandagina yil boʻyi mavjud. Mussonli oʻlkalarda yuza okimlar mavsumiy oʻzgarib turadi. Hind okeanining shimoliy qismi va Tinch okeanning shimoli-gʻarbiy qismi buning yaqqol misolidir. 150–200 m dan chuqurda suv sirkulyasiyasi Okean suvi qatlamlari zichligining tafovuti tufayli vujudga keladi (qarang Dengiz oqimlari).

Toʻlqinlar[tahrir]

Suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari Okeanda shamol, suv koʻtarilishi va qaytishi, zilzilalar natijasida yuzaga keladigan toʻlqin harakatlari ham boʻladi. Shamol toʻlqinlari Okeanning 50– 60 m chuqurlikkacha boʻlgan yuza qatlamlaridagina roʻy beradi; ularning balandligi 12–13 m va undan koʻproq. Koʻpchilik okean toʻlqinlarining balandligi moʻʼtadil kengliklarda 4 m, tropiklarda — 1,5 m. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari va Sunami deb ataladigan seysmik toʻlqinlar Okean suvining tubigacha yetib boradi. Suv koʻtarilishi toʻlqinlari Okeanda doimo boʻlib turadi. Okeanda ichki toʻlqinlar ham boʻladi. Ularning balandligi bir necha oʻn metrga yetadi.

Suv koʻtarilishlari[tahrir]

Okean reji-mida suv sathining davriy ravishda koʻtarilibpasayib turishi — suv koʻtarilishlari va suv koʻtarilishi oqimlari muhim rol oʻynaydi. Yarim sutkalik suv koʻtarilishlari eng koʻp takrorlanadi. Ochiq Okeanda bu toʻlqinlarning balandligi 1 m dan oshmaydi, lekin, qirgʻoqlarda 3–6 m ga yetadi. Eng katta suv koʻtarilishlari okean qoʻltiqlari va chekka dengizlar uchun xosdir: Fandi qoʻltigʻida (Kanadaning Atlantika oke-ani qirgʻogʻi) 18 m ga yetadi. Baʼzi oʻlkalarda (Meksika qoʻltigʻining gʻarbiy qismi, Yava dengizi va boshqalar) suv koʻtarilishlari sutkalik boʻlib, 5,9 m ga yetadi (Oxota dengizi). Boshqa joylarda aralash (yarim sutkalik yoki sutkalik) suv koʻtarilishlari 13,2 m ga yetadi (Oxota dengizidagi Penjina qoʻltigʻi).

Okean suvlarining aralashishi. Okean suvlari vertikal va gorizontal yunalishda aralashib turadi. Natijada gidrologik va gidrokimyoviy xusu-siyatlari bir qatlamdan ikkinchi qatlamga oʻtadi. Aralashish molekulyar va turbulent turlarga ajraladi. Bunda friksion va konvektiv aralashish yuz beradi. Friksion aralashish shamol va suv koʻtarilishi shaklida boʻladi. Shamol taʼsirida suv shamol toʻlqinlari yetib borgan chuqurlikkacha aralashadi, suv koʻtarilishi natijasidagi aralashish Okean tubigacha yetadi.

Suv aralashishining Okean hayotidagi roli katta. Aralashish natijasida quyosh nuri yuza qatlamlardan quyi qatlamlargacha oʻtadi, chuqur qatlamlar kislorodga toʻyinadi, yuza qatlamlar toʻyimli (biogen) moddalarga boyiydi. Okeanlarning uncha chuqur boʻlmagan va intensiv aralashib turgan joylarida dengiz hayvonlarini ovlash qulay (Barens, Shimoliy, Azov dengizlari, Nyufaundlend oroli yaqinida va boshqalar).

Okean sathi suv koʻtarilishi, shamollar, atmosfera bosimi taʼsirida oʻzgarib turadi. Atmosfera bosimi taʼsirida Okean sathining oʻzgarishi mavsumiy harakterga ega. Shamollar taʼsirida baʼzan, suv sathi juda baland koʻtariladi va Okean sohillarida suv toshqinlariga olib keladi.

Okean suvining rangi va shaf-fofligi uning yorugʻlik nurlarini yutish va tarqatish qobiliyatiga, spek-tral tarkibining oʻzgarishiga, yorugʻlik oqimining sekinlashishiga bogʻliq. Ochiq Okeanda suv oʻta shaffof koʻk rangda boʻladi. Suv tarkibida zarrachalar koʻp boʻlsa suv zangori-koʻk yoki yashil rangda boʻladi (qirgʻoq boʻyi, baʼzi yopiq dengizlar). Koʻplab loyqa keltiriladigan katta daryolar quyiladigan joylarda suv rangi sargʻish yoki jigarrang tusda boʻladi.

Zonallik. Quyosh energiyasining Okeanda taqsimlanishi bir xil boʻlmay, zonallik qonuniga boʻysunadi. Kenglik zonalligi 150–200 m qalinliqdagi qatlamni oʻz ichiga oladi. Shunga bino-an, Okeanda kuruqlikda boʻlganiday qutbiy, qutb yoni, moʻʼtadil, subtropik, tropik va ekvatorial mintaqalar bor.

Vertikal zonallik yuza, yuza tagi, oraliq, chuqur va Okean tubi yaqinidagi suv massalari shaklida ajralib turadi. Yuza suv massalaridan atmosfera bilan aktiv energiya va modda almashinishi roʻy beradi.

Oʻsimlik va hayvonot dunyosi[tahrir]

Tirik organizmlar Okeanning yuzasidan tortib eng tagigacha uchraydi. Yashash joyiga qarab suvdagi pelagik organizmlar (passiv suzuvchilar — plankton va faol suzuvchilar — nekton) va Okean tubida yashaydigan organizmlar (bentos) boʻladi. Oʻsimlik organizmlaridan bakteriyalar va baʼzi quyi zamburugʻlargina Okeanning hamma joyida uchraydi. Okeandagi biologik, kimyoviy, geologik jarayonlarda bakteriyalar katta rol oʻynaydi. Ular modda almashinishi, oksidlanish-tiklanish jarayonlarida ishtirok etadi, suvda va tub choʻkindilaridagi organik moddalarni oʻzlashtiradi va h.k. Qolgan oʻsimlik organizmlar Okeanning fotosintez yuzaga keladigan va yoritilib turadigan ustki qatlamlaridagiga (asosan, 50–100 m chuqurlikkacha) boʻladi. Okeanda 10 mingga yaqin oʻsimlik turi bor. Fitoplankton, asosan, dia-tom suvoʻtlar, qivchinsimonlardan peridineya va kokkolitoforidlardan iborat. Okean tubi oʻsimliklariga (fito-bentos) diatom, yashil qoʻngʻir va qizil suvoʻtlar, shuningdek, gullaydigan oʻtsimon oʻsimliklarning (mas, zostera) bir necha turi kiradi.

Okeanning hayvonot dunyosi yana ham xilma-xildir. Okeanda erkin hayot kechiruvchi hozirgi zamon hayvonlarining sinflari yashaydi, koʻpchilik sinflar esa faqat Okeandagina bor. Okean faunasi 160 mingdan ortiq turni oʻz ichiga oladi: 15 ming eng sodda jonivorlar (asosan, radiolyariyalar), 5 ming bulutlar, 9 ming kovakichlilar, 7 mingdan ortiq har xil chuvalchanglar, 80 ming mollyuskalar, 20 mingdan ortiq qisqichbaqasimonlar, 6 ming ignatanlilar va boshqa umurtqasizlar (mshankalar, braxio-podalar, pogonoforalar va boshqa baʼzi bir turlar), 16 ming baliq turi. Umurtqali hayvonlardan Okeanda, baliqdardan tashqari, baʼzi toshbaqalar va ilonlar (50 tur) va 100 xildan ortiq sut emizuvchilar, asosan, kitsimonlar va kurakoyoqlilar yashaydi. Baʼzi kushlarning (pingvinlar, albatroslar, chaykalar va boshqa — 240 tur) hayoti doimo Okean bilan bogʻlangan.

Tropiklarda hayvon turlari, ayniqsa, xilma-xil. Okean tubi faunasi sayoz marjon riflarida, ayniqsa, koʻp turlardan iborat. Chuqurlashgan sari hayot kamayadi. Eng chukur joylarda (9000– 10000 m va undan ham quyida) bakteriyalar va bir necha oʻn xil umurtqasiz hayvonlargina yashaydi.

Okeanning turli joylarida hayot har xil taraqqiy etgan. Fitoplankton miqdori ustki qatlamlardagi biogen elementlar miqdoriga, birinchi navbatda azot, fosfor, kremniy birikmalariga bogʻliq. Fitoplanktonga boy joylarda u bilan oziklanadigan zooplankton va zooplanktonni yeydigan nekton ham eng koʻp.

Okean tubi organizmlari moʻʼtadil oʻlkalarning qirgʻoqqa yaqin sayoz joylarida, ayniqsa, koʻp (Okean tubining 1 km² maydonida bir necha oʻn kg fito va zoobentos mavjud). Juda katta chukurliklardagi tirik organizmlar yuza qatlamlardan choʻkadigan va qirgʻoq yaqinidagi sayozliklardan keladigan organik qoldiqlar hisobiga yashaydi. Okeanning turli chuqurliklarida hayot sharoitlari bir xil emas. Chuqurlashgan sari yorugʻlik kamayadi, temperatura pasayadi, gidrostatik bosim orta boradi, oziq-ov-qat kamayadi va h.k. Bularning hammasi Okeanda vertikal biologik zonallikni vujudga keltiradi. Okean tubida quyidagi hayot zonalari mavjud: litoral (suv koʻtarilishi va qaytishi zonasi), sublitoral (200 m gacha), batial (2500– 3000 m), abissal (6000 m gacha), ultraabissal yoki xadal (6000 m dan chukur). Okean suvi qatlamlarida, odatda, yuza zona yoki epipelagial (150–200 m) oraliq, yoki mezopelagial (750–1000 m) va chukur suv zonalari ajratiladi. Chukur suv zonasi oʻz navbatida batipelagial (2500–3000 m), abissopelagi-al (6000 m) va ultraabissal (6000 m dan chukur)ga boʻlinadi. Koʻpgina dengiz organizmlari ovlanadi va oziq-ovqat yoki texnika xom ashyosi sifatida foydalaniladi.

Biologik resurslari[tahrir]

Okean yirik biologik resurelar manbaidir. Butun dunyoda ishlatiladigan hayvon oqsilining 12—15%, hayvon yogʻlarining 3— 4% i Okeandan olinadi. Dunyodagi baliq va boshqa jonivorlar ovining 4/5 qismi dengiz va okeanlarga toʻgʻri keladi. Den-gizdan ovlanadigan mahsulotlarning 90% ini baliq tashkil etadi. 5% turli xil mollyuskalardan, 3% qisqichbaqasimonlardan, 1,5% suv oʻsimliklaridan iborat. Dengiz sut emizuvchilari (kitlar, tyulenlar va boshqalar) ham ovlanadi. Okean biologik resurslarining jadal surʼatlarda oʻzlashtirilishi va qudratli texnikadan foydalanish bu zaxiralarning keskin kamayishi va tiklanmasdan qolish xavfini tugʻdi-radi. Okeandagi hayvonot va oʻsimlik dunyosidan oqilona foydalanish zarurati bu sohada xalqaro hamkorlik qilish, Okean hayvonlarini muhofaza qilish ma-salasini kun tartibiga qoʻyadi. Eng qimmatli dengiz hayvonlari va oʻsimliklarini sunʼiy ravishda qaytadan koʻpaytirish muhim rol oʻynashi kerak.

Xalqaro huquq rejimi[tahrir]

Okean huquq rejimi inson faoliyatining Okean bilan boglik boʻlgan 6 ta yirik huquqiy regla-mentatsiyasini, yaʼni Okean akvatoriyapari rejimi, Okeanda savdo kemalari qat-novi rejimi, harbiy kemalarning suzib yurishi rejimi, Okeanda ilmiy tadqiqotlar olib borish rejimi, Okean tubi va yer osti boyliklari, shuningdek, Okean muhitini muhofaza qilish huquqiy reglamentatsiyalarini oʻz ichiga oladi.

Okean huquq rejimi xalqaro shartnomalar va taomillar, shuningdek, ayrim davlatlarning milliy qonunlarida aks etgan. Okean rejimini belgilashda hukumatlararo dengiz konsultativ tashkiloti, BMTning Maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tash-kiloti (YUNESKO)ning okeanofafiya komissiyasi, BMTning milliy yurisdiksiya doirasidan tashqarida amal qiladigan qoʻmitasi — dengiz va okeanlar ostidan tinchlik maqsadlarida foydalanish qoʻmitasi, BMTning dengiz huquqi qoʻmitasi va boshqa xalqaro tashkilotlarning roli katta.

Okean akvatoriyalari xalqaro huquqiy rejimi dengizga chiqish yoʻli boʻlgan har bir davlatning ichki dengiz suvlari (qarang Ichki suvlar), xududiy suvlar va ochiq dengiz suvlari huquqiy reglamentatsiyasini oʻz ichiga oladi.

Savdo kemalari qatnovining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar savdo kemalarining tinchlik va oʻzaro manfaatdorlik asosida erkin suzishiga yordam berish, dengiz savdo kemalari qatnovi xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilar va yuklarni tashish, savdo kemalari va ularning ekipajlari, yoʻlovchilari va yuklarining huquqiy holatiga ochiq dengizda ham, chet davlatlarga tegishli suv va portlarda ham rioya qilish uchun belgilanadi.

Harbiy dengiz kemalarining xalqaro huquqiy rejimi barcha mamlakatlar harbiy kemalarining dengizda erkin suzishiga koʻmaklashish, xavfsizligini taʼminlash, dengizda boʻladigan har xil hodisaning oldini olish, dengiz va okeanlarda huquqiy tartibotga boʻysunishga xizmat qilishdan iborat. Bu rejim ochiq dengizdagi harbiy kemalarga alohida ququqlar (dengizda huquqbuzarlarni taʼqib qilish, dengiz qaroqchilari, qul savdosi va boshqa xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashish kabi ququqlar) beradi.

Ilmiy tadqiqotlar olib borish xalqaro huquqiy rejimi vazifasi Okeanni, shuningdek, dengiz akvatoriyasidan atmosfera va kosmosni har tomonlama tadqiq etish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Okean huquqining bu sohasi rivojlanib bormoqda. Okeanni tadqiq etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimi Okean huquqida alohida ahamiyatga ega.

Okean muhitining xalqaro-huquqiy muhofazasi Okeandan har qanday maqsadda foydalangan holda ham dengiz muhitini, ekologik mu-vozanatini saklashdan, uning ifloslanishiga (ayniqsa, radioaktiv moddalarning tarqalishiga) yoʻl qoʻymaslikdan, shuningdek, flora va fauna, Okean tubi va yer osti boyliklari, Okean ustidagi atmosferaga va shahrik. ga zarar yetkazilishining oldini olishdan iborat.

Okeanda baliq va dengiz hayvonlari ovlash va oʻsimliklar yigʻishni tartibga soladigan xalqaro huquq Okeandagi biomassalarning rivojlanishiga zarar yetkazmasdan ish koʻrishni belgilaydi. Okean tubi va yer osti boyliklari xalqaro huquq rejimi xoz. dengiz huquqida kam ishlangan soha-dir. Dengizdan foydalanishning bu turi 60-yillar va 70-yillarning boshida rivojlana boshladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Shokalskiy Yu. M., Okeanografiya, 2 izd., L., 1959; Kerrington R., Biografiya morya, per. s angl., L., 1966; Istoshin Yu. V., Okeanologiya, L., 1969; Ditrix G., Obshaya okeanografiya, per. s nem., M., 1962; Okean (Okean), per. s angl., M., 1971; Shepard F. P., Morskaya geologiya, per. s angl., 2 izd., L., 1969; Leontyev O. K., Dno okeana, M., 1968; Okean i chelovechestvo, M„ 1968.[1]

Dunyo Okeani shartli ravishda beshta okeanga boʻlinadi:

Soʻnggi, beshinchi okean Antarktida atrofida boʻlib, 2000 yili Xalqaro Gidrografiya Ittifoqi tomonidan ajratildi. Bunga sabab sifatida Antarktik aylana oqimining ushbu suv havzasini boshqa okeanlardan yaqqol boʻlishi koʻrsatilgan.

Umumiy nazar[tahrir]

Okeanlarning bir nechtaga boʻlinishi shartlidir, zero ular bir-biri bilan bogʻlangan va ular yagona Dunyo Okeanini tashkil etishadi.[2][3] Dunyo Okeanining kichik okeanlarga boʻlib koʻrsatilishiga sabab ushbu okeanlar orasidagi qitʼa va materiklar, arxipelaglar hamda suv oqimlari mavjudligidir; bular okeanlar orasidagi chegara, deb tushuniladi. Okeanlar oʻz navbatida dengiz, koʻrfaz, qoʻltiq kabi kichikroq suv havzalariga ajratiladi. Biroq barcha suv havzalari ham Dunyo Okeaniga ulanmagan, masalan, Kaspiy dengizi va Orol dengizi.

Geologik maʼnoda, okean okeanosti qobiqning suv bilan qoplangan qismidir. Okeanosti qobiq Yer mantiyasining qitʼasiz qismini qoplagan vulqon bazaltining yupqa qatlamidir. Bu nuqtai nazardan dunyoda uchta mustaqil okean bor: Dunyo Okeani, Kaspiy dengizi va Qora dengiz, soʻnggi ikkitasi Simmeriya platosining Lavraziya bilan toʻqnashuvidan yuzaga kelgan. Oʻrta Yer dengizi ham deyarli mustaqil okeandir, lekin u Dunyo Okeani bilan Gibraltar boʻgʻozi orqali bogʻlangan. Aslida bir necha million yillar muqaddam Afrika platosi ushbu boʻgʻozni mutlaqo yopib turgan edi. Qora dengiz ham Oʻrta Yer dengiziga Bosfor orqali bogʻlangan, biroq bu kanal atigi 7,000 yil ilgari paydo boʻlib, Gibraltar boʻgʻozichalik katta emas va koʻp suv almashtirishni eplay olmaydi.

Ilovalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Ocean The Columbia Encyclopedia, 2006
  3. Sayyoramizdagi quruqlik va suvlar


Okeanlar
Tinch okeani · Atlantika okeani · Hind Okeani · Janubiy okean · Shimoliy Muz okeani

Manbalar[tahrir]