Oʻlik dengiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Oʻlik dengiz (arab. Bahr-Lut) -Gʻarbiy Osiyodagi oqmas shoʻr koʻl, Iordaniya va Isroil hududlarida. AlHor tektonik botigʻida, dengiz sathidan -408 m pastda (sohili Yer quruqlik qismining eng past joyi) joylashgan. Maydoni 1050 km², uz. 76 km, eng chuqur joyi 356 m (baʼzi maʼlumotlarga koʻra 335 m). Qirgʻoklari tik va qoyali. Oʻlik dengizga Iordan daryosi quyiladi. Dunyodagi eng shoʻr koʻllardan (tuz zaxirasi 43 mlrd. t chamasida), shoʻrligi 260—270°/00, ayrim yillarda 310°/00ga yetadi. Koʻldan kaliy va boshqalar tuzlar olinadi. Koʻl suvi yuqori darajada minerallashganligidan hayvon va oʻsimliklar (ayrim bakteriyalardan tashqari) yoʻq. Sohillari choʻl, ondasonda vohalar uchraydi. Gʻarbiy sohilidagi gʻorlardan 1947-yilda qadimiy ivrit, arab, yunon, lotin va boshqalar tillardagi qoʻlyozmalar (katta qismi miloddan avvalgi 2-asr — milodiy 2-asrga taalluqli) topilgan. Oʻlik dengizning gʻarbiy sohilida, unga Iordan daryosi quyilish qismida Bibliya afsonalarida yozilgan Sodom va Gomorra shahrilari mavjud boʻlgan deb taxmin qilinadi.