Laptev dengizi
Laptev dengizi | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E G OKoordinatalari: 76°16′7″N 125°38′23″E / 76.26861°N 125.63972°E G O |
Yuzasi | 700 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 578 m |
Eng katta chuqurligi | 3 385 m |
Suv hajmi | 403 000 km3 |
Laptev dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi. Jan.dan Osiyo qirgʻoklari, gʻarbdan Taymir yarim orol va Severnaya Zemlya orallari, sharkdan Novosibirsk orallari bilan oʻralgan. Boʻgʻozlar orqali gʻarbda Kara dengizi, sharqda Sharqiy Sibir dengizi bilan tutashgan. Maydoni 662 ming km². Chuq. 50 m — maksimal chuq. 3385 m. Yirik qoʻltiklari: Xatanga, Olenek, Buor-Xaya. Dengizning gʻarbiy qismida orol koʻp. Xatanga, Lena, Yana va boshqa daryolar quyiladi. Laptev dengizi iqlimi arktika iqlimi. Yanv,ning oʻrtacha temperaturasi —31°, —34° (minimum temperatura —50°), iyulniki G—7° (maksimum temperatura 24°). Yiliga 100 mm yogʻin tushadi. Yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Morj, dengiz quyoni, nerpa, baliq va boshqa yashaydi. Aso-siy porti — Tiksi. Dengiz Arktika tadqiqotchilari D. Ya. Laptev va X. P. Laptevlar nomiga qoʻyilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |