Janubiy Xitoy dengizi
Janubiy Xitoy dengizi | |
---|---|
| |
Koordinatalari | 12°N 113°E / 12°N 113°E G OKoordinatalari: 12°N 113°E / 12°N 113°E G O |
Yuzasi | 3 500 000 km2 |
Oʻrtacha chuqurligi | 1024 m |
Eng katta chuqurligi | 5560 m |
Suv hajmi | 3 622 000 km3 |
Janubiy xitoy dengizi - Tinch okean gʻarbidagi yarim yopiq dengiz. Jan.-Sharqiy Osiyo sohili bilan Tayvan, Luson, Palavan va Kalimantan orallari oraligʻida. Mayd. 3537 ming km2; hajmi 3622 ming km3. Chuqurligi jan.-gʻarbida 200 m, shim.-sharqda 5560 m gacha, oʻrtacha chuq. 1140 m. J. X.d.ga Sinszyan, Xongxa, Mekong, Menam va b. daryolar quyiladi. Qirgʻogʻi ancha tekis. Yirik qoʻltiqlari: Bakbo va Siyom. Eng yirik oroli — Xaynan. Mayda orollarning koʻpchiligi marjon orollardir. Suv osti zilzilalari va vulqon otilishlari boʻlib turadi. Iqlimi subekvatorial iqlim. Qishda shim.-sharqiy, yozda jan. va jan.-gʻarbiy shamollar esadi. Yoz va kuzda tez-tez tayfunlar boʻlib turadi. Dengiz suvining oʻrtacha temperaturasi fevralda 20—28°, avgustda 28—29°. Shoʻrligi 32—34°/00. Yogʻingarchilik yiliga 2000–2500 mm. Suv qalqishi 5,9 m gacha. Baliq va b. dengiz hayvonlari ovlanadi. Yirik portlari: Bangkok, Xoshimin, Syangan, Guanchjou, Shantou, Xayfon, Manila. J. X. d.dan muhim xalqaro dengiz yoʻllari oʻtgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |