Kara dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kara dengizi
Kara Sea map.png
Koordinatalari 77°N 77°E / 77°N 77°E / 77; 77 G OKoordinatalari: 77°N 77°E / 77°N 77°E / 77; 77 G O
Yuzasi 893 400 km2
Oʻrtacha chuqurligi 50 - 100 m
Eng katta chuqurligi 620 m
Suv hajmi 101 000 km3

Kara dengizi (oʻzbekcha: Kara Sea; ruscha: Ка́рское мо́ре, Karskoye more) — Shimoliy Muz okeani qavzasidagi chekka dengiz. Novaya Zemlya, Frans Iosif Yeri orallari va Severnaya Zemlya arxipelagi oraligʻida. Mayd. 883 ming km2 (orollari bilan 893 ming km2). Kara dengizi, asosan, shelf zonasida joylashgan. Chuq. 30–100 m, maksimal chuq. 600m, suv hajmi 112 ming km3. Uzunligi (jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa) 1500 km, eni (shim. qismida) 800 km. Orol koʻp. Yirik qoʻltiklari Ob va Yenisey. Dengizga Taymir, Pyasina, Yenisey, Ob, Kara daryolari quyiladi. Dengiz unga quyiluvchi Kara daryosi nomini olgan. Dengizda arktika iqlimi hukmron. Qishi davomli, sovuq, yozi qisqa, salqin. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 20°, — 30°, iyulniki —G dan 5° gacha. Qishda kuchli shamol va boʻronlar, yezda tez-tez tuman boʻlib, iyulda ham sovuq kunlar 6 kundan 20 kungacha yetadi. Dengiz yilning koʻp qismida muz bilan qoplanib yotadi. Havo temperaturasi dengizning shim.da 9—10 oy, janubida 7—8 oy davomida 0°dan past boʻladi. Yiliga 3—4 oy qutb tuni, 2—3 oy qutb kuni boʻladi. Har xil baliklar (treska, muksun, nelma) va dengiz hayvonlari (nerpa, beluxa, dengiz quyoni, oq ayiq) ovlanadi. Asosiy porti — Dikson. Dengiz kemalari Yenisey daryosiga Dudinka va Igarka portlarigacha kira oladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil