Morj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Morj (Odobenus rosmarus) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi. 3 ta kenja turni xrsil qiladi. Uz. 410 sm gacha, vazni 2000 kg gacha. Boshi oldingi tomondan toʻmtoq; tumshugʻining 2 yonida 300—350 tadan vibrissalar (tuygʻu qillari) bor. Quloq suprasi va dumi boʻlmaydi. Yuqori jagʻidan chiqib, pastga osilib turadigan yirtqich tishlarining uz. 60—80 sm (urgʻochisida ingichka va kaltaroq). Terisi qalin, juda koʻp burmalardan iborat. M. yaxshi koʻrmaydi, lekin qidni tez sezadi. Quruqlikda orqa oyoqlarini gavdasining ostiga bukib, harakatlanadi. Suv muhitiga moslashishi tufayli juni juda siyraklashgan; yangi tugʻilgan bolalarining juni qalin va uzun. M. Shim. Muz okeani soxillari va qutb orollarida, jumladan, Bering , Chukot, Sharqiy Sibir, Laptev, qisman Barens dengizida tarqalgan. Migratsiya kutadya. Asosan, suv tubidagi mollyuskalar bilan oziklanadi. Muz ustiga chiqib bolalaydi. Boʻgʻozlik davri 1 yilga yaqin; bolasini 2 yilgacha emizadi. Soni kamayib ketganligi tufayli faqat mahalliy aholiga ovlash ruxsat etilgan. Xalqaro va milliy Qizil kitoblarga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil