Azov dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Azov dengizi – Atlantika okeani havzasiga mansub oʻrta dengiz. Ukraina va Rossiya yerlari oraligʻida. Kerch boʻgʻozi orqali Kora dengiz bilan tutashadi. Maydoni 38 ming km². Suvning oʻrtacha hajmi 320 km3. Dengiz tubi te-kis. Oʻrtacha chuq. 8 m, eng chuqur joyi 14 m. Qirgʻogʻi u qadar egri-bugri emas. Sohilining gʻarbi, shimoliy va sharqi past-tekislik. Eng yirik qoʻltigʻi – Tagan-rog. Gʻarbiy qirgʻogʻi yaqinida Sivash qoʻltigʻi Azov dengizi dan kambar Arabat strel-kasi bilan ajralgan. Kirgʻoq yaqinida Bi-ryuchiy, Cherepaxa va bir guruh Peschaniy orollari bor. Azov dengizi ga Don, Kuban va boshqa daryolar quyiladi. Azov dengizi atrofi iqlimi kontinental, havoning oʻrtacha temperaturasi yezda 23,5°, 24,5", qishda -1°, -6°, yiliga 312–528 mm yogʻin tushadi. Suv temperaturasi yezda 25", 30°, qishda 0°dan past. Shoʻrligi 9–11°. Azov dengizi dekabr oxiridan mart boshlarigacha muz bilan qoplanadi. Oqimlari sha-mol esishiga qarab oʻzgarib turadi; oʻrta qismida soat mili yoʻnalishiga qarama-qarshi oqadigan oqim bor. Suvi loyqa. Dengizda tishli baliqlar bor. Organik moddalar miqdori boshqa dengizdagilarga qaraganda 5–6-marta koʻp. Eng yirik portlari: Mariupol, Taganrog, Yeysk, Berdyansk.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil