Dolomit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
7092 pieskovna Dolinka pri Hradisti pod Vratnom dolomit.JPG

Dolomit (fransuzcha. mineralogi Dolomit Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaMg(CO3)r Oz miqdorda temir, marganets, kobalt, baʼzan mis, bariy, qoʻrgʻoshin va b. boʻladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 g/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. Dolomit konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. Oʻzbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyasiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil