Andaman dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andaman dengizi - Hind okeanining shim.-sharqiy qismida, Hindixitoy ya.o. sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Ni-kobar o.lari ajratib turadi. Maydoni 600 ming km² dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yo‘nalishi musson sha-mollariga qarab o‘zgarib turadi. Suv yuzasidagi temperatura may oyida 29°, fevralda 26 — 28°. Sho‘rligi shim.da 20‰ dan, jan.da 33‰ gacha. Bir yilda 3000 mm dan ortiq yog‘in yog‘adi. Eng yirik portlari — Yangon (Myanma), Jorjtaun (Malayziya).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil