Deyvis dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Deyvis dengizi - Hind okeanining Antarktida sohillaridagi chekka jan. qismi, 87° va 98° shq. u. oraligʻida. Maydon 21 mingkm2. Eng chuqur joyi 1369 m. Yil davomida muzlar bilan qoplanib yotadi. Shurligi 33—33,5 %s. Dengiz sohilida Rossiya Federatsiyasining Mirniy st-yasi joylashgan. Dengiz 1912 yilda Avstraliya ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan va kema kapitani J. K. Deyvis nomi bilan atalgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil