Barack Obama
![]()
| |
Mansabda boʻlgan yillari 20-yanvar 2009 – 20-yanvar 2017 | |
Yordamchi(lar) | Joe Biden |
---|---|
Avvalgi prezident | George W. Bush |
Keyingi prezident | Donald Trump |
Tavalludi |
4-avgust 1961-yil (59 yosh) Honolulu, Hawaii, AQSh |
Siyosiy partiya | Demokrat |
Turmush oʻrtogʻi | Michelle Obama |
Imzo | ![]() |
Barack Hussein Obama II (talaffuzi: Barak Useyn Obama Ikkinchi; tug‘. 4-avgust, 1961), Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44- hamda sobiq Prezidentidir. Bungacha Illinois shtati senatori vazifasini bajargan. Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Trump boʻldi.
2009-yil 9-oktabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.[1]
2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi.[2]
Dastlabki hayoti va karyerasi[tahrir]
Obama 1961-yil 4-avgustda AQSH Hawaii shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan. U Hawaiida va AQSHning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tug'ilgan yagona prezidentidir. Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, En Danhem (1942-1995) Uichita, Kanzasda tug'ilgan bo'lib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega bo'lgan. Otasi Barak Obama Katta (1936-1982) Keniyaning Luo qabilasiga mansub, va grant asosida Gavayiga o'qishga kelgan student bo'lgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi Universitetida Rus Tili darsida uchrashishgan va 1961-yilning 2-fevralida Vailukuda turmush qurishgan.
Nashr etilgan kitoblari[tahrir]
- Dreams from My Father (1995)
- The Audacity of Hope (2006)
- Of Thee I Sing (2010)
- A Promised Land (2020)
Audiokitoblar[tahrir]
- 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream ( Random House Audio) ISBN 978-0739366417
Manbalar[tahrir]
- ↑ The Nobel Peace Prize 2009
- ↑ АQShda prezidentlik saylovlari yakuniga yetdi Arxivlandi 2012-11-10Wayback Machine saytida., kun.uz
Havolalar[tahrir]
|
|
![]() |