Xalqaro mehnat tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1919-yilda Millatlar ligasi (ittifoqi) huzurida mehnat qonunlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari boʻyicha konvensiya va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun xalqaro komissiya sifatida tuzilgan; XMT tomonidan 8 soatlik ish kuni, onalikni himoya qilish, bolalar mehnatiga oid qonunlar va ish oʻrinlarida xavfsizlikni taʼminlash yuzasidan xalqaro meʼyorlar ishlab chiqilishiga, ish bilan bandlik dasturlarini tayyorlashga katta hissa qoʻshdi. Xalqaro mehnat tashkilotiga 170 dan ortiq davlat aʼzo (2000). Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yil Xalqaro mehnat tashkilotiga aʼzo davlatlar tarkibiga kirgan, tashkilotning 11 ta konvensiyasini ratifikatsiya qilgan. Bu tashkilot mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilash, ish bilan toʻliq bandlikni taʼminlash va turmush darajasini koʻtarish, tadbirkorlar va mehnatkashlar oʻrtasida hamkorlikni ragʻbatlantirish choralarini ishlab chiqish uchun hukumatlar, tadbirkorlar va mehnatkashlarni teng huquqlarda birlashtiradi. Xalqaro mehnat tashkiloti tarkibi Xalqaro mexnat konferensiyasi; maʼmuriy kengash; xalqaro mehnat byurosi; uch tomonlama qoʻmitalar; mintaqaviy va maxsus konferensiyalardan tashkil topgan. Qarorgohi Jenevada. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatilgan faoliyat uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1969)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil