Nadia Murad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nadia Murad

Nadia Murad 2018-yilda
Tavalludi
Nadia Murad Basee Taha

10-mart 1993-yil (1993-03-10) (31 yosh)[1]
Kocho, Iroq
Fuqaroligi Iroq[2]
Turmush oʻrtogʻi
Abid Shamdeen (turm. 2018)
Mukofotlari

Nadia Murad Basei Taha (kurdcha: نادیە موراد بەسێ تەھا، ; arabcha: نادية مراد باسي طه) 1993-yil 10-martda tugʻilgan – Germaniyada yashovchi yazidiy inson huquqlari himoyachisi[3][4]. 2014-yilda u tugʻilib oʻsgan shahri Kochodan oʻgʻirlab ketilgan va Iroq va Shom Islom Davlati tomonidan uch oy ushlab turilgan[5].

Nadia Murad „Genotsidlar, ommaviy vahshiyliklar va odam savdosi qurboni boʻlgan ayollar va bolalarga oʻz hayotlari va atrof-muhitlarini sogʻlomlashtirish va tiklash uchun yordam berishga“ bagʻishlangan jamiyat asoschisi hisoblanadi[6].

2018- yilda Nadia Murad va Denis Mukvege birgalikda „ jinsiy zoʻravonlikni urush va qurolli toʻqnashuv quroli sifatida qoʻllashni tugatishga qaratilgan qarshi kurashlari uchun“ Nobel mukofotiga sazovor boʻlishdi[7]. U Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi iroqlikdir[8].

2016-yilda Nadia Murad Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining (UNODC) inson savdosidan omon qolganlarning qadr-qimmati boʻyicha birinchi boshqarma elchisi etib tayinlandi[9].

Bolalik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murad Iroqning Sinjar tumanidagi yazidiylar yashaydigan Kocho qishlogʻida dunyoga kelgan[10][11]. Uning oilasi kichik yazidi fermerlaridan boʻlgan[12].

Murad oilada 11 ta farzandning eng kichigi edi, toʻrtta katta opa-singillarini hisobga olmaganda. Murodning otasi birinchi xotini vafotidan soʻng, Murodning onasiga uylanadi, birinchi xotinidan toʻrt farzandi qolgandi. Uning ota-onasi ham dindor yazidiy edilar, ammo Murad oʻsib ulgʻayotgan davrlarida din haqida koʻp narsa bilmas edi. Muradning otasi 2003-yilda vafot etgan.

Murad bolalik chogʻlaridanoq shaxsiy sartaroshxonaga ega boʻlishni orzu qilgan. U oʻz uyiga shunchalar bogʻlanib qolganidan, Kochoni tashlab boshqa joyda yashashni hech qachon tasavvur qilmagan edi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 19-avgustda Germaniyada Nadia Murad inson huquqlari faoli boʻlgan Abid Shamdeen bilan turmush qurgan[13][14][15].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Nadia Murad on Instagram“. Instagram (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  2. (unspecified title)
  3. „Iraqi Yazidi human rights activist Nadia Murad gets married“. Ekurd.net (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2022-yil 23-aprel.
  4. Siddique, Haroon; Maclean, Ruth. „Nobel peace prize 2018 won by Denis Mukwege and Nadia Murad – as it happened“. The Guardian (2018-yil 5-oktyabr).
  5. Westcott, Lucy. „ISIS sex slavery survivor on a mission to save Yazidi women and girls“. Newsweek (2016-yil 19-mart). Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  6. „Nadia Murad“. Forbes. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  7. „Announcement“. The Nobel Peace Prize. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  8. „Nobel Peace Prize winner Nadia Murad“. BBC News (2018-yil 5-oktyabr).
  9. „Human trafficking survivor Nadia Murad named UNODC Goodwill Ambassador“. United Nations. Qaraldi: 2023-yil 7-avgust.
  10. „Who is the Nobel Peace Prize 2018 winner Nadia Murad?“. The National (2018-yil 5-oktyabr).
  11. „Nadia Murad: One woman's fight against 'Islamic State'“. Deutsche Welle (2018-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  12. Murad Basee Taha, Nadia. „Nadia Murad Basee Taha (ISIL victim) on Trafficking of persons in situations of conflict – Security Council, 7585th meeting“ (Video). United Nations Television (UNTV) (2015-yil 16-dekabr). 2018-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-sentyabr.
  13. „Iraqi Yazidi human rights activist Nadia Murad gets married“. Ekurd.net (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  14. „Yazidi Islamic State survivor gets engaged“. BBC News (2018-yil 20-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.
  15. „Nadia Murad on Instagram“. Instagram (2023-yil 19-avgust). Qaraldi: 2023-yil 20-avgust.