Dalay Lama XIV

Gyatso Tenzin (1935.6.7, Takser qishlogʻi, Tibet) — Dalay Lama XIV. Dehqon oilasida tugʻilgan. 1940-yil 22-fevralda uni Dalay Lama taxtiga koʻtarish marosimi boʻlgan. soʻng oʻqish yillari boshlangan. Mantiq, tibet sanʼati va madaniyati, sanskrit, tibbiyot, budda falsafasi, shuningdek, sheʼriyat, musiqa, drama sanʼati, munajjimlik, notiqlik ilmini oʻrgangan. 24 yoshida ilohiyot doktori darajasini olgan. 1956-yil Tibet Milliy Assambleyasining favqulodda sessiyasi diniy va dunyoviy hokimiyatni toʻlaligicha egallashni soʻrab G.ga murojaat qildi. Xitoy armiyasi boʻlinmalari bilan Lxasa (Tibet)dagi mahalliy aholi oʻrtasida qurolli toʻqnashuv boʻlganda (1959) G. qon toʻkilishining oldini olish uchun yurtidan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1960-yildan buyon Hindistonda, Dharmsala sh.da yashaydi. U quvgʻindagi "Tibet hukumati"ning boshligʻi hisoblanadi. G. oʻnlab kitoblar yozgan. U oʻz asarlarida, chet ellarga safarlari chogʻida buddizmni, tibet madaniyatini, zoʻrlik ishlatmaslik, atrof-muhitni ifloslantirmaslik goyalarini targʻib qiladi. Tinchlikni mustahkamlash yoʻlida koʻrsatgan faoliyati uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan (1989).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |