Bill Gates
Bill Gates | |
---|---|
![]() Gates 2017-yilda | |
Tavalludi |
William Henry Gates III 28-oktyabr 1955-yil Seattle, Vashington, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi |
|
Turmush oʻrtogʻi |
Melinda French Gates [1](turm. 1994; ajr. 2021) |
Otasi | Bill Gates Sr. |
Onasi | Mary Maxwell |
Taʼlimi | Harvard universiteti (tashlab ketgan) |
Faoliyat yillari | 1972 – hozirgacha |
Bolalari | 3 |
Sayt | gatesnotes.com |
Imzo | |
![]() |
William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birgalikda hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan[2][3]. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan[4] Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.[5]. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.
Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan[6]. Shu bilan birgalikda Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan[7][8].
Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.
Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi[9][10].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Greene, Jay. „Bill and Melinda Gates, who run one of the world's largest philanthropies, plan to divorce after 27 years“. The Washington Post (3 may). Qaraldi: 4 may.
- ↑ Manes 1994, s. 11.
- ↑ „Bill Gates (American computer programmer, businessman, and philanthropist)“. 28-mart 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2013-yil.
- ↑ Wahba, Phil. „Bill Gates tops U.S. wealth list 15 years in a row“. Reuters (17-sentabr 2008-yil). 16-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-noyabr 2008-yil.
- ↑ arxiv nusxasi, 2011-10-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
- ↑ Manes, Stephen (1994). Gates: How Microsoftʼs Mogul Reinvented an Industry and Made Himself The Richest Man in America. Touchstone Pictures. ISBN 0-671-88074-8.
- ↑ „http://www.gatesfoundation.org/Pages/home.aspx“. 23-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2012-yil. WebCite saytida arxivlandi (2010-10-26)
- ↑ Bill Gates Money How Much of it Does He Give Away?, 2012-12-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-12-26
- ↑ „Bill Gates“. Nndb.com. 24-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2011-yil.
- ↑ „Warren Buffett "Agnostic," Bill Gates Rejects Sermon On The Mount, Not "Huge Believer" In "Specific Elements" Of Christianity“. Archive.theamericanview.com (13-yanvar 1996-yil). 1-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-oktabr 2011-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-11-10).
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda Bill Gates mavzusiga oid fayllar bor. |
- Microsoft.comda Bill Gates profili
- Forbes:Dunyoning eng boy kishilari
- Bill va Melinda Gates Jamgʻarmasi
- Bill Gates shaxsiy sayti
![]() |
|