George Bush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(George W. Bushdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
George W. Bush
George Bush

Mansabda boʻlgan yillari
20-yanvar 2001 – 20-yanvar 2009
Yordamchi(lar)   Dick Cheney
Avvalgi prezident Bill Clinton

Tavalludi

6-iyul 1946 (1946-07-06) (72 yosh)
New Haven, Connecticut, AQSh
Siyosiy partiya Respublikachi
Turmush oʻrtogʻi Laura Welch Bush
Imzo GeorgeWBush Signature.svg
United States Marine Drum and Bugle Corps - France 2001.jpg

George Walker Bush (talaffuzi: Jorj Uoker Bush; 6-iyul, 1946da tugʻilgan) AQShning 43-prezidentidir. Ushbu mansabga 20-yanvar, 2001da oʻtirgan. Bush 2000 yilgi saylovlarda gʻolib chiqib, 2004 yilgi saylovlarda ikkinchi bora prezidentlikka saylandi. U avvalroq Texas shtatining 46-gubernatori boʻlgan (1995-2000), hamda AQShning sobiq prezidenti George H. W. Bush'ning toʻngʻich oʻgʻlidir.

Bush Jorj Uoker (1946.6.7, NyuXeyven, shahri, Konnektikut shtati) — AQShning 43prezidenti (2001 yildan). Bush Jorj Gerbert Uokerning oʻgʻli. Yel Universiteti (1968), Massachusets shtatining Kembrij shahridagi Garvard biznes maktabi (1975)ni tugatgan. 1968 yil uchuvchilar kursini tamomlab, uchuvchi sifatida 2 yil harbiy xizmatda boʻlgan. 1970 yildan Xyustondagi qishloq xoʻjaligi kompaniyasida ishlagan. Xususiy kompaniya va korxonalarni boshqarish boʻyicha magistr darajasiga ega. 1975 yildan Midlend shahrida neft biznesi boʻyicha tadbirkor. 1977 yildan "Arbusto Enerji" (keyinchalik "Bush eksploreyshn"), 1984 yildan "Spektrum7" neft kompaniyasi prezidenti. 1986 yildan "Harken enerji korporeyshn" kompaniyasida maslahatchi. 1988 yildan Texas shtatining Dallas shahridagi "Texas reynjerlari" professional beysbol komandasi investori. 1994 yildan Texas shtati gubernatori. 2000 yil noyabrdagi saylovda Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidenti etib saylangan.

Shuningdek[tahrir]