Ushbu maqola yaxshi maqolalar sarasiga kiradi.

Donald Trump

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Donald Trump
ingl. Donald Trump
Donald Trump
Donald Trump, 2017-yilda
Tavallud sanasi: 14-iyun, 1946 (1946-06-14)(71 yosh)
Tavallud joyi: AQSH bayrogʻi AQSH , Nyu York
Fuqaroligi: AQSH bayrogʻi AQSH
Turmush oʻrtogʻi: Melania Trump
Otasi: Fred Trump
Onasi: Mary McLoud
Bolalari: Donald (1977)
Ivanka (1981)
Erick (1984)
Tiffany (1993)
Barron (2006)
Bilimi: Pensilvaniya Universiteti
Partiyasi: AQSH Respublikachilar partiyasi
Sayt: www.trump.com
Imzo: Donald Trump Signature.svg

Donald John Trump (talaffuzi: Donald Tramp) (ingl. Donald John Trump; 14-iyun, 1946-yil, Nyu York, AQSH) — taniqli amerikalik tadbirkor, milliarder, aktyor, teleboshlovchi, yozuvchi, jamoat arbobi va AQSHning 45-prezidenti. Qurilish ishlari bilan faoliyat yuritadigan Trump Organization shirkati hamda qimorxonalar ishini boshqaruvchi, shuningdek, turli xil biznes tarmoqlarini oʻz ichiga olgan Trump Entertainment Resorts kompaniyasi asoschisi, NBC telekanalining egasi. Trump oʻzining noodatiy hayot tarzi, muomala madaniyati, shuningdek, „Nomzod“ (ingl. The Apprentice) deb ataluvchi teleshousi orqali dunyoga mashhur. Forbes jurnalining dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida Trump 1980-yillar oxirida paydo boʻldi[1]. Hozirda Trump 7 milliard dollar boyligi bilan dunyo boylari ichida 230-oʻrinda turadi.[2]. 2010-yilda Trump ilk bor 2012-yildagi AQSh Prezidenti saylovida prezidentlik lavozimiga nomzod boʻldi, biroq magʻlubiyatga uchradi. 2008-yildagi prezidentlik saylovida u respublikachi John McCainni quvvatlagan edi[3], biroq McCane Obamaga yutqazib qoʻygandi[4]. 2015-yil 16-iyun kuni u prezidentlikka yana nomzod boʻlishini eʼlon qildi[5].

Bolalik va yoshlik yillari[tahrir]

Donald Trumpning ota tomonidan bobosi Frederik Trump (Drumpf) asli nemis boʻlib, 1885-yilda AQSHga koʻchib kelgan va mamlakat fuqarosi boʻlgan[6]. Otasi va onasi 1936-yilda turmush qurishgan. Donald Queensdagi maktablardan biriga borgan, lekin u yerda bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganligi tufayli, ota-onasi uni Nyu Yorkdagi Harbiy Akademiyaga oʻqishga yuborgan[7]. U Akademiyaning bir qancha mukofotlariga sazovor boʻlgan, futbol va beysbol jamoalarida oʻynagan. 1964-yili beysboldagi muvaffaqiyatlari uchun u alohida mukofotga sazovor boʻlgan. Harbiy Akademiyadagi oʻqishning toʻrtinchi yilida Donald va uning safdoshi Jeff Donaldson kursantlar uchun alohida oʻquv kursi tashkil etadilar. Kursantlar mashqlar natijasida Nyu Yorkning Beshinchi koʻchasida marsh oʻtkazadilar. Donald keyinchalik Fordham Universitetida ikki yil oʻqiydi, keyinroq oʻqishni Pensilvaniya Universitetida davom ettiradi va uni 1968-yilda tugatadi[8]. Iqtisodchi diplomini olgach, oʻz otasiga qarashli boʻlgan, mamlakatdagi eng yirik uy-joy shirkati hisoblangan korxonaga ishga kiradi,[9]. Oʻzinig „Kelishuv sanʼati“ nomli kitobida Donald Trump talabalik yillari haqida shunday degan:

« Harbiy akademiyani bitirganimdan keyin kinoshunos boʻlishni oʻyladim, biroq, uy-joy biznesi men uchun muhimroq ekanini sezdim. Umuman oʻqishga boʻlgan xohishim pasayib ketardi… keyinroq esa, Pensilvaniya Universitetining biznes maktabiga oʻqishga kirdim. Men bu yerda oʻqiyotganimdan xursand edim… »

Faoliyati[tahrir]

1968-1989 yillar[tahrir]

Avvaliga u Brooklyn va Queensdagi oʻrta sinf uchun moʻljallangan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq ishlarni qildi. Eng birinchi loyihalaridan biri 1200 kvartirali uy majmuasini sotib olib, toʻliq qayta taʼmirlab, ijaraga topshirish edi. Trump Organization bu ishni muvaffaqiyat bilan yakunladi va 6 million $ sof foyda oldi. 1971-yilda Donald Trump Manhattanga koʻchib oʻtdi. Bu yerda u shaharning iqtisodiy salohiyati yuqorligi, qurilish ishlarining shiddat bilan rivojlanib borayotganligini yaxshi tushunardi. Donald shahardagi bankrotlik tufayli faoliyat yuritmayotgan „Kommodor“ mehmoxonasining binosini taʼmirlash huquqini va buning natijasida Nyu York maʼmuriyati tomonidan 40 yillik soliq imtiyozini olganidan soʻng, eski mehmonxona oʻrnida Grand Hyatt mehmonxonasini barpo etadi[10]. Donald „Jacob Javitz konfrens-markazi“ning qayta taʼmirlash huquqini Nyu York maʼmuriyatidan soʻragan va oʻz qurilish loyihasini taklif etgan, biroq bu loyiha maʼqullanmagan[11]. Shunga oʻxshash holat Nyu Yorkning markaziy xiyobonidagi muz oʻyingohini qayta taʼmirlash jarayonida ham boʻlgan: Shahar maʼmuriyati taʼmirlash ishlarini 2.5 yilda tugatishni rejalagan, ammo u 6 yil deganda ham yakunlanmagan. Donald maʼmuriyatga ushbu oʻyingoh ishini oʻziga bepul topshirilishini, evaziga u oʻz hisobidan taʼmirlashni yakunlab berishni soʻragan. Maʼmuriyat esa, har doim rad javobini beravergan. Bu haqida ommaviy axborot vositalari tanqidiy maqola chiqargach, Donald taʼmirlash huquqini qoʻlga kiritgan. Donald taʼmirlash ishlarini 6 oy ichida yakunlagan va ajratilgan 3 million dollar mablagʻdan 750 ming dollarini tejab qolgan[12].

1989-1997 yillardagi iqtisodiy muammolari[tahrir]

1989-yilda Donald davlatdan olgan zayomlarini iqtisodiy inqiroz tufayli qoplay olmagan. U yangi loyihalaridan biri boʻlgan „Trump Taj Mahal“ majmuasining qurilishi uchun 1 milliard dollar zayomni obligatsiyalar koʻrinishida olgan edi. 1991-yilga kelib, Donaldning ortib borayotgan qarzlari hatto uning shaxsan bankrot boʻlishiga xavf soldi. Banklar, zarariga boʻlsa-da, Trumpning qarzlardan ozod qilinishini va sudning muqarrar jarimalaridan qutqarilishini taʼminlab berdilar. „Trump Taj Mahal“ 1991-yili qarzlardan ozod etildi, evaziga qarzni toʻlab bergan banklar majmua aksiyalarining 50 foiziga egalik qildilar[13][14]. 1994-yilga kelib, 900 million $dan ortiq qarzlarini bartaraf etgan[15] va bizesini saqlab qolgan. 1995-yilda Gaming Hall of Fame aʼzosi boʻldi[16]. 1995-yilda hamma koʻngilochar komplekslarini birlashtirib, Trump Hotels & Casino Resorts kompaniyasini tashkil qildi. 1996-yildayoq, kompaniya har bir aksiyasining Wall-streetdagi narxi $35 dan yuqori edi, biroq 1998-yilda aksiya narxi $10 dan ham tushib ketdi. 2004-yilda Trump Hotels & Casino Resorts qarzlar toʻliq qoplanganini eʼlon qildi[17]. Shu yil noyabr oyida Trump kompaniya bosh direktori lavozimidan chetlandi, lekin boshqaruv raisi boʻlib qoldi[18][19].

1997-2007 yillar[tahrir]

Donald Trump bir nechta qurilish loyihalari bilan shugʻullana boshladi:

  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Vaykiki beach)“ majmuasining qurilishi. Trumpning soʻzlariga koʻra, majmua xaridorlarda katta qiziqish uygʻotgan.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Chikago)“ majmuasi — mablagʻ yetarlicha boʻlmaganligiga qaramasdan, qurilish yakunlandi.
  • „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Toronto)“ — biroz kechroq boʻlsa-da, qurilishi tugallandi.
  • „Trump minorasi (Tampa)“ — soʻrovlar koʻp boʻlganligi uchun narxlari oshib ketgan, oqibatda xaridorlar oʻrtasida ziddiyatlar kelib chiqqan.
  • Florida shtatining Fort Loderdeyl shahrida „Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Fort Lauderdale)“ majmuasi qurildi.
  • „Trump minorasi (Atlanta)“ — Atlanta shahridagi yangi uy-joy majmuasi[20].

Jahon iqtisodiy inqirozi (2008-2012)[tahrir]

2008-yilda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Chikagodagi majmua sotuvga chiqarilgan paytga toʻgʻri keldi va Trump Deutsche Bank ssudasini yopa olmadi[21]. Trump sudga ariza berib, arizasida „iqtisodiy inqiroz — bu kutilmagan hol, bu haqida kelishuvda ham qayd etilgan“ deya taʼkidlagan[21]. Deutsche Bank vakillari esa, „Trump muddati oʻtib ketgan qarz haqida xabardor, undan tashqari, ikki marta bankrotlik tufayli bankdan yordam olgan“ deganlar[21]. 2009-yil 17-fevralda Trump Entertainment Resorts rahbariyat kengashi bankrotlik haqida qaror chiqardi va Donaldni kengash raisligidan chiqarib yubordi[22].

Shaxsiy binolari[tahrir]

Las Vegas mehmonxonasi

2011-yilda „Forbes“ jurnali Donald Trump boyligini 2.9 milliard dollarga baholadi, ammo 2015-yildagi matbuot anjumanlaridan birida u boyligining 10 milliard dollardan ham ortiq ekanini aytgan[23].

Qurilishi tugatilgan uy-joylari[tahrir]

Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Nyu York)
  • „Trump Park Avenue“ — $142 million
  • Golf maydonlari — $127 million
  • * AQSh hududidagi 6 ta golf klubi
  • * 2006-yilda Shotlandiyaning Aberdin shahrida katta yer maydonini sotib oldi, bu yerda Birlashgan Qirollik golf chempionati uchun maydon boʻlishi moʻljallangan. Undan tashqari, bu yerda golf akademiyasi va besh yulduzli mehmonxona qurilishi kutilmoqda[24].
  • * Karib dengizidagi Kanuan orolida golf maydoni va koʻngilochar majmua qurilishi.
  • „Palm Beach“dagi bino: 4000 maydonga ega uy. Trump bu uyni 40 million dollarga sotib olib, qayta taʼmirlab, 2008-yilda 100 million dollarga sotgan. Bu uy AQShda sotilgan eng qimmat uy boʻldi.
  • „Maralago“ klubi

Litsenziyalangan binolari[tahrir]

Koʻpchilik qurilish kompaniyalari Donald Trumpdan ular qurayotgan binoni reklama qilib berishni soʻraydilar. Shu sababdan, Trump nomi yozilgan binolarning aksariyati uning oʻziga qarashli emas. „Forbes“ bergan maʼlumotga koʻra, qurilishi kutilayotgan yana 33 ta loyiha bor, ularning ichiga 7 ta mehmonxona ham kiradi.

Torontodagi minora qurilishi
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Dubay), BAA
  • * Trump xalqaro mehmonxonasi va minorasi (Panama): 70 qavatli minora[23][26].

OAVda[tahrir]

Donald Trump seriallar, komediyalar, multfilmlarning dublyajlarida ovoz bergan, bir qancha rollarni ijro etgan, telekoʻrsatuvlarda qatnashgan[27]. Ikki marta Emmy mukofoti sohibi boʻlgan. 2003-yili Trump NBC telekanalidagi „Nomzod“ deb nomlangan teleshouning ijrochi prodyuseri va boshlovchisi boʻldi. Bu shouning mazmuni shunday: qatnashchilar Trump kompaniyalarining biriga ishga kirish uchun kurash olib boradilar, magʻlub boʻlganlar oʻyindan chiqariladi va Trump ularga „Siz boʻshatildingiz!“ (ingl. Youʼre fired!) deydi. Bu soʻzlar juda mashhur boʻlib ketadi. 2004-yili Trump ushbu iborani savdo belgisiga aylantirgan. 2007-yili Donald Trump ismi Gollivuddagi "Yulduzlar yoʻlkasi"ga yozildi. Shu yili Trump AQSH Prezidenti Bushni Iroqda urush olib borayotganligi uchun keskin qoraladi.

« ”Iroqdagi urushda koʻp qon toʻkilishini istaganlardan hech biri AQSh Prezidenti saylovida gʻalaba qilolmaydi” »

 — degan u.

Shuningdek, u Hillary Clinton yoki Rudolph Giuliani AQSh prezidentligiga nomzod boʻladigan taqdirda, ikkisini ham qoʻllashi mumkinligini aytgan. Trump aktrisa Angelina Jolieni „birinchi raqamli goʻzal aktrisa“ sifatida tan olmagan[28].

AQSh Prezidentligiga nomzod sifatida[tahrir]

Prezidentlik saylovoldi kampaniyasida, 2015-yil 3-sentyabr

2015-yili Trump AQSh Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod boʻlishini eʼlon qildi[29]. Saylovoldi kampaniyasida Trump AQSH Prezidenti etib saylangan taqdirida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstlashish siyosatini olib borajagini ham aytgan[30].

Boshqa biznes tarmoqlari[tahrir]

„Dunyo goʻzali“ xalqaro tanlovini olib boruvchi Miss Universe Organization tashkiloti hamda „NBC“ telekanali ham aynan Donald Trumpga qarashlidir. Donald Trump, shuningdek, oʻzining shaxsiy kiyim-kechak brendiga ham ega (erkaklar kiyimlari, soatlari, atir va b.). Trump nomi bilan ataluvchi aroq, kokteyl, gazli suv ham ishlab chiqarilmoqda[31]. Donald Trump Learning Annex maktabida ham dars beradi, bir soatli maʼruzasi uchun 1.5 million dollar ish haqi oladi[32][33].

Golf maydonlari[tahrir]

2008-yilning iyunida Trump Aberdin shahar kengashi majlisida qatnashadi. Unda Trump 1 milliard £ mablagʻ sarflab, shaharning shimoliy qismida golf klubi qurishni taklif etadi. Kengash Trumpning bu taklifini maʼqullagan, ammo qurilishga huquqbonlar, geologlar va olimlar qarshi chiqadilar. Bunga sabab, golf maydoni arxeologik ahamiyatga ega yerlarga qurilishi moʻljallangan edi.[34][35][36]

Vitaminlari[tahrir]

2009-yili Trump vitaminlar ishlab chiqaruvchi „Trump Network“ shirkatga asos soladi. Shirkat bir necha turdagi vitaminlar ishlab chiqaradi[37].

Shaxsiy hayoti[tahrir]

Oilasi[tahrir]

Melania Trump

Donaldning ikki ukasi (Robert va David) va ikki singlisi (Mary va Elizabeth) bor. Singlisi Mary — yurist. 1977-yili Trump 28 yashar Ivana Zelnichkovaga uylangan. Ularning uchta farzandi bor: Donald Trump-kichik, Ivana va Erik. 1992-yili er-xotin ajrashib ketishgan. 1993-yili Trump 29 yashar Marla Maplesga uylangan. Bu nikohdan Tiffany ismli qizi bor. 1999-yilda er-xotin ajrashishgan. Donald xotinlari haqida shunday degan:

« «Meni oʻylashimcha, Ivana va Marla meni birday sevgan, men esa, oʻz ishimni sevaman» »

2004-yildan beri Donald sloveniyalik Melania Trump (talaffuzi: Melaniya Tramp) bilan nikohda. Ularning Barron ismli oʻgʻli bor[38]. 2013-yilga kelib, Donald yettita nabirali boʻlgan: ulardan beshtasi kichik Donaldning bolalari (Kai Madison,[39] Donald John,[40] Tristan Milos,[41] Spencer Frederick va Chloe Sophia); ikkitasi Ivankaning (Arabella Rose va Joseph Frederick[42][43]) bolalaridir. Donald nasroniylik dinining protestantlik oqimiga eʼtiqod qiladi. Bu haqida uning oʻzi shunday degan: „Fikrimcha din bu chiroyli narsa. Mening dinim — nasroniylik esa chiroyli din“ [44][45].

Qiziqishlari[tahrir]

Donald golf oʻyiniga nihoyatda qiziqadi[46]. AQShda va dunyoning boshqa mamlakatlarida uning shaxsiy golf klublari bor[47].

Kitoblari[tahrir]

  • „Kelishuv sanʼati“[48]
  • „Choʻqqida omon qolish uchun“ (1990)
  • „Omon qolish sanʼati“ (1991)
  • „Qaytadan koʻtarilish sanʼati“ (1997)
  • „Bizga yarashgan Amerika“ (2000)
  • „Boy boʻlish uchun“ (2004)
  • „Yuqoriga yoʻl“ (2004)
  • „Muvaffaqiyat haqida nimalarni bilish kerak“ (2004)
  • „Golf oʻyini haqida“ (2005)
  • „Biz boy boʻlishingizni istaymiz“ (2006)
  • „Qotib qolma!“ (2007)
  • „Uy-joy haqidagi eng yaxshi maslahatlarim“ (2007)
  • „Muvaffaqiyat formulasi“ (2007)
  • „Trump hech qachon taslim boʻlmaydi“ (2008)
  • „Midas sovgʻasi“[46] (2012)

Filmografiyasi[tahrir]

Title Year Notes Role
The Jeffersons[49] 1985 Episode titled "You'll Never Get Rich" Himself
Ghosts Can't Do It[49] 1989 Movie
On Our Own by Bobby Brown[50] 1989 Music Video
Home Alone 2: Lost in New York[49] 1992 Movie
The Fresh Prince of Bel-Air[49] 1994 Episode titled "For Sale by Owner"
Across the Sea of Time[49] 1995 Movie
The Little Rascals[49] 1995 Movie Waldo's Dad (an oil tycoon)
The Nanny[49] 1996 Episode titled "The Rosie Show" Himself
Eddie[49] 1996 Movie
The Associate[49] 1996 Movie
Suddenly Susan[51] 1997 Episode titled "I'll See That and Raise You Susan"
The Drew Carey Show[51] 1997 Episode titled "New York and Queens"
Night Man[52] 1997 Episode titled "Face to Face"
Spin City[49] 1998 Episode titled "The Paul Lassiter Story"
Celebrity[49] 1998 Movie
Sex and the City[49] 1999 Episode titled "The Man, the Myth, the Viagra"
Zoolander[49] 2001 Movie
The Job[51] 2001 Episode titled "Elizabeth"
Two Weeks Notice[51] 2002 Movie
Days of Our Lives[53] 2005 Guest star on daytime television soap opera.
58th Primetime Emmy Awards[54] 2006 minimusical Oliver Wendell Douglas
Wall Street: Money Never Sleeps[55] 2010 Trump's scene in this movie was cut from the final version but is available on the DVD. Himself
Saturday Night Live[56] 2015 Trump hosted the November 7, 2015 episode of SNL Himself / Tax Guy (In Hotline Bling skit)

Manbalar[tahrir]

  1. #450 Donald Trump. Forbes. 2009-06-21.
  2. Trump, Donald J. (December 5, 2011). Time to Get Tough: Making America #1 Again. Regnery Publishing. ISBN 978-1-59698-773-9. 
  3. Trump down on economy, up on McCain. Cable News Network (2008-09-18). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-09-20.
  4. Дональд Трамп решил баллотироваться на пост президента США // «Яндекс» новости
  5. Дональд Трамп начал борьбу за пост президента США. Slon.ru (16.06.2015).
  6. Ancestry of Donald Trump. WARGS. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-05-22.
  7. Bender, Marylin (1983-08-07). THE EMPIRE AND EGO OF DONALD TRUMP. The New York Times. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-05-22.
  8. Gwenda Blair (2005). Donald Trump: Master Apprentice. Simon and Schuster, 16–. ISBN 978-0-7432-7510-1. 
  9. "In Step With: Donald Trump". Parade. November 14, 2004. http://www.parade.com/articles/editions/2004/edition_11-14-2004/in_step_with_0. 
  10. The House that Fred Built. The New York Time on the Web. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-07-06.
  11. No Stadium Needed. The New York Sun. 2008-05-22.
  12. FASTER AND CHEAPER, TRUMP FINISHES N.Y.C. ICE RINK. Philly.com. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-07-07.
  13. Taj Mahal is out of Bankruptcy. The New York Times. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-07-07.
  14. Trump Plaza Hotel Bankruptcy Plan Approved. The New York Times. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-07-07.
  15. Donald Trump. magainzeUSA.com. 2007-07-07.
  16. The Gaming Hall of Fame. University of Nevada Las Vegas. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2009-08-30.
  17. Trump casinos file for bankruptcy. MSNBC (November 22, 2004). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-07-07.
  18. COMPANY NEWS; TRUMP DELAYS EMERGENCE FROM BANKRUPTCY BY A WEEK. New York Times (May 5, 2005). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-07-07.
  19. Indiana Gaming Commission on Trump Resortsʼ Bankruptcy. Indiana Gaming Commission. Asl nusxadan arxivlandi (2006-10-02). 2007-07-07.
  20. Stalled Condo Projects Tarnish Trumpʼs Name. Dow Jones & Company, Inc. (2007-11-16). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2007-11-21.
  21. 21,0 21,1 21,2 Floyd Morris (December 4, 2008). Trump Sees Act of God in Recession. http://www.nytimes.com/2008/12/05/business/05norris.html?_r=1&scp=8&sq=donald%20trump&st=cse. 
  22. Reuters: Trump Entertainment files for bankruptcy
  23. 23,0 23,1 Tuttle, Brad (June 16, 2015). "8 Epic Business Failures with Donald Trumpʼs Name on Them". Time. http://time.com/money/3923629/donald-trump-name-business-failures/. Qaraldi: August 29, 2015. 
  24. news.bbc.co.uk Trump £1bn golf inquiry tees off
  25. Trumpʼs tall plan for Jersey City. JCEDC (2005-09-21). Asl nusxadan arxivlandi (2006-10-03). 2007-07-07.
  26. Koffler, Jacob (August 7, 2015). "Donald Trumpʼs 16 Biggest Business Failures and Successes". Time. http://time.com/3988970/donald-trump-business/. Qaraldi: August 29, 2015. 
  27. Casting Notes: Donald Trump Cameos in Wall Street 2; Jeremy Piven and Kate Walsh go to Canada. Slashfilm.com (November 30, 2009). April 21, 2011.
  28. CNN LARRY KING LIVE: Interview With Donald Trump. CNN (2007-10-15). Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-05-22.
  29. Дональд Трамп поборется за пост президента США
  30. Трамп обещает на посту президента США подружиться с Путиным
  31. GoTrump
  32. THATʼS RICH! THE DONALD CASH ADVICE COSTS 1.5M. NY Daily News. Asl nusxadan arxivlandi (2008-10-29). 2008-07-04.
  33. Melby, Caleb; Rubin, Richard (July 28, 2015). "Hereʼs Our Tally of Donald Trumpʼs Wealth". Bloomberg. http://www.bloomberg.com/politics/articles/2015-07-28/here-s-our-tally-of-donald-trump-s-wealth. Qaraldi: August 17, 2015. 
  34. "US property tycoon Donald Trump buys Turnberry resort". BBC News. April 29, 2014. http://www.bbc.co.uk/news/uk-scotland-glasgow-west-27203208. Qaraldi: April 29, 2014. 
  35. news.bbc.co.uk, Trump £1bn golf inquiry tees off
  36. pressandjournal.co.uk, Tycoonʼs actions critical to outcome
  37. The Trump Network: Discover the Difference Between Opportunity and Success
  38. Brown, Tina (2005-01-27). Donald Trump, Settling Down. The Washington Post. Asl nusxadan arxivlandi (2012-03-11). 2008-05-22.
  39. Dagostino, Mark (May 13, 2007). Kai Madison. People. April 21, 2011.
  40. Dagostino, Mark (February 18, 2009). Donald John Trump III. People. April 21, 2011.
  41. Michaud, Sarah (October 3, 2011). Donald Trump, Jr. Welcomes Son Tristan Milos. People. October 5, 2011.
  42. Ivanka Trump and Jared Kushner welcome baby girl, Herald Sun, July 17, 2011. Retrieved July 17, 2011.
  43. „Ivanka Trump tweets birth announcement of 1st child, a daughter born in NYC“, The Washington Post, July 17, 2011. Retrieved July 17, 2011.
  44. Jones, Lawrence (April 12, 2011). Donald Trump: Christianity is a 'wonderful religionʼ. The Christian Post. April 13, 2011.
  45. Haberman, Maggie (April 11, 2011). "Donald Trump Talks Religion: 'I Am a Christianʼ". Politico. http://www.politico.com/news/stories/0411/52942.html. Qaraldi: April 13, 2011. 
  46. 46,0 46,1 Shoumatoff, Alex (May 2008). "The Thistle and the Bee". Vanity Fair: 188–204. 
  47. Brently Romine (June 16, 2015).Donald Trump announces he will run for president in 2016
  48. Kitoblari
  49. 49,00 49,01 49,02 49,03 49,04 49,05 49,06 49,07 49,08 49,09 49,10 49,11 49,12 LaFrance, Adrienne. "Three Decades of Donald Trump Film and TV Cameos", The Atlantic (December 21, 2015).
  50. Bobby Brown's Music Video for Ghostbusters 2 is a Bizarre Moment in Time. Tor.com (June 27, 2012).
  51. 51,0 51,1 51,2 51,3 Jang, Meena and Stone, Natalie. "Donald Trump: 18 Memorable Cameos, From 'Home Alone 2' to 'Sex and the City'", The Hollywood Reporter (March 10, 2016).
  52. Russell, Jason (October 7, 2015). "Donald Trump's tremendous acting career in 13 clips". Washington Examiner. http://www.washingtonexaminer.com/donald-trumps-tremendous-acting-career-in-14-clips/article/2573515. Qaraldi: June 8, 2016. 
  53. Trump will live the Days of our Lives. TV.com (September 16, 2005). June 10, 2016.
  54. Donald Trump's Missed Calling: Broadway. June 8, 2016.
  55. Garvey, Marianne; Niemietz, Brian; Coleman, Oli Coleman; Maresca, Rachel (September 7, 2015). "Donald Trump in 'Wall Street' sequel: Don't touch my hair!". Daily News (New York). http://www.nydailynews.com/entertainment/gossip/confidential/donald-trump-wall-street-sequel-don-touch-hair-article-1.2350777. Qaraldi: June 10, 2016. 
  56. Kreps, Daniel (November 8, 2015). "Watch Donald Trump Dance to Drake's 'Hotline Bling' in 'SNL' Spoof". http://www.rollingstone.com/tv/news/watch-donald-trump-dance-to-drakes-hotline-bling-in-snl-spoof-20151108. Qaraldi: June 8, 2016. 

Havolalar[tahrir]

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Donald Trump haqida sahifa mavjud.