Muhammad Al-Baradei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad al-Baradey (1942, Qohira) — misrlik huquqshunos. Xalqaro huquq d-ri (1974). Qohira universitetini tugatgan (1962). Qohiradagi diplomatiya xizmati xodimi (1964 yildan), Misr tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi (1974—78), BMT qoshidagi Oʻquv va ilmiy tadqiqot institutida xalqaro huquq dasturi boʻyicha katta aspirant (1980 yildan), Nyu-York universitetida xalqaro huquq adyutant-prof. (1981—87). Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (MAGATE)ning Bosh direktori (1997 yildan). Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va undan eng xavfsiz usullar bilan foydalanish uchun kurashgan. Nobel mukofoti laureati (2005, hamkorlikda)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:AEXA bosh direktorlari