Anvar Sadat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anvar Sodotdan yoʻnaltirildi)
Anvar Sadat
Anvar Sadat

Mansabda boʻlgan yillari
1970-yildan – 1981-yilgacha
Yordamchi(lar)   Sufiy Abu Tolib
Avvalgi prezident Jamol Abdul Nosir

Tavalludi

25-dekabr 1918-yil
Vafoti 10-iyun 1981-yil(1981-06-10)
(62 yoshda)

Muhammad Anvar as-Sadat (arabcha: محمد أنور السادات; 1918.25.12, Minufiya viloyati, Mit Abu al Qum qishlogʻi — 1981.6.10, Qohira) — Misrning davlat va siyosat arbobi. 1938-yili harbiy bilim yurtini tugatgan. J. A. Nosir boshqargan "Ozod zobitlar" inqilobiy tashkilot aʼzosi (1950), Milliy demokratik partiya raisi (1978). 1952-yil iyul inqilobida qatnashgan. Misr vitse-prezidenti (1964—66, 1969—70), prezidenti (1970-yildan). S. mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy hayotini liberallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar oʻtkazgan. Misrda "ochiq eshiklar" siyosatini joriy qilgan. 1973-yil 6 oktyabrda Isroilga qarshi urush boshlagan. SSSR bilan Misr oʻrtasida tuzilgan Doʻstlik va Hamkorlik haqidagi bitimni bekor qilgan (1976, mart). S. Isroil bosh vaziri M. Begin bilan AQSH vositachiligida Kemp Devid (AQSH) tinchlik shartnomasini imzolagan (1979-yil 26 mart). Unga binoan, Isroil 3 yil mobaynida oʻz qoʻshinlarini Sinay yarim orolidan olib chiqib ketishga vaʼda bergan. Oʻz navbatida S. Isroil bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tiklashga rozilik bergan. Nobel tinchlik mukofoti laureati (1978-yil dekabr). Qohirada boʻlgan harbiy namoyish paytida otib oʻldirilgan.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ad:. Knyazev A. G., Yegipet posle Nasera, 19701981, M., 1986; Primakov Ye. M, Istoriya odnogo zagovora, M., 1985.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]