Andrew Johnson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Andrew Johnson
Andrew Johnson photo portrait head and shoulders, c1870-1880-Edit1.jpg
Rasmiy portret
17–Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansabda
15-aprel 1865-yil — 4-mart 1869-yil
Vitse-prezident Yoʻq
Oʻtmishdoshi Abraham Lincoln
Vorisi Ulysses S. Grant
16–Amerika Qoʻshma Shtatlari Vitse-Prezidenti
Mansabda
4-mart 1865-yil — 15-aprel 1865-yil
Prezident Abraham Lincoln
Oʻtmishdoshi Hannibal Hamlin
Vorisi Schuyler Colfax
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 29-dekabr 1808-yil(1808-12-29)
Raleigh, Shimoliy Karolina, AQSh
Vafoti 31-iyul 1875-yil(1875-07-31)
(66 yoshda)
Elizabethton, Tennessee, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar partiyasi (tax. 1839–1864, 1868–1875)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
National Union (Milliy Birlik) (1864–1868)
Boʻyi 178 sm
Turmush oʻrtogʻi
Eliza McCardle Johnson (turm. 1827)
Bolalari Martha Johnson Patterson, Charles Johnson, Mary Johnson, Robert Johnson, Andrew "Frank" Johnson, Jr.
Ota-onasi
  • Jacob Johnson
  • Mary McDonough
Kasbi
  • Siyosatchi
  • savdogar
Imzosi

Andrew Johnson (talaffuzi: Endryu Jonson; 29-dekabr 1808-yil — 31-iyul 1875-yil) — 1865-yildan 1869-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlari 17-prezidenti boʻlgan. U Abraham Lincoln oʻldirilgangan paytda vitse-prezident boʻlganligi ortidan prezidentlik lavozimini egallagan. Johnson Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlib, fuqarolar urushi nihoyalangandan soʻng, prezidentlik lavozimiga kelgan. U sobiq qullar muhofazasi kafolatisiz Birlikdan ajralib chiqqan shtatlarni qisqa muddatda tiklashni qoʻllab-quvvatlagan. Bu Respublikachilar koʻpchilikni tashkil qilgan Kongress bilan ziddiyatga olib keldi va 1868-yili Vakillar palatasi tomonidan unga impichment berilishi bilan nihoyalandi. Senatda unga oqlab faqat bir ovoz berildi.

Dastlabki hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johnson Shimoliy Karolina shtatining Raleigh sharida 1808-yilda dunyoga kelgan. Uning oilasi oʻta qashshoq boʻlib, u biror marta maktabga bormagan. U Selby ismli tikuvchiga tikuvchilikni oʻrganish maqsadida shogirdlikka tushgan va yozma shartnoma asosida unga xizmatkorlik qilgan. Shartnomaga koʻra, u 21 yoshiga qadar Selby qoʻlida ishlashi zarur boʻlgan, biroq Johnson uning qoʻlida ortiq ishlashni xohlamaydi va akasi bilan qochib ketadi.[1] U Tennessee shtatining Greeneville shahrida oʻz biznesini boshladi va shu shaharda Eliza McCardle bilan uchrashib, keyinchalik u bilan turmush qurishdi. McCardle silga chalingan boʻlgan. U Johnsonga bexato oʻqishni oʻrgatib, taʼlim olishida koʻmak berdi, keyinchalik bu Johnsonning siyosatga kirishiga xizmat qildi. U 1834-yili 25 yoshida Greeneville mayori lavozimini egalladi. 1843-yilda Washingtonda Vakillar palatasiga saylandi. 1853-yilda Tennessee shtati gubernatori lavozimiga saylandi. Bu lavozimda ikki yil muddat xizmat qilgandan soʻng, senator etib saylandi hamda Washingtonga qaytdi. Johnson bu paytda kelib, boy boʻldi va oʻzi ham bir nechta qullarga egalik qildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „biography.com“.

Oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Levine, Robert S. The Failed Promise: Reconstruction, Frederick Douglass, and the Impeachment of Andrew Johnson (2021) excerpt

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]