Senat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Stamps of Uzbekistan, 2006-080.jpg

Senat (lot. senatus — keksa) — 1) Qad. Rim Respublikasi davrida oliy hokimiyat organi; 2) Rossiyada 1711 — 1917 yillarda hokimlik qiluvchi S. — qonun chiqaruvchi va davlatni boshqaruvchi oliy davlat organi. 19-a.ning 1-yarmidan oliy sud organi; 1864 yildan esa oliy kassatsiya instansiyasi. Bosh prokuror tomonidan boshkarib turilgan (uning oʻzi 1802 yildan adliya vaziri). Senatorlarni imperator tayinlagan; 3) bir kancha davlatlarda (Italiya, Fransiya, AQSH, shuningdek, Oʻzbekistonda ham) parlament yuqori palatasining nomi. Odatda, quyi palataga nisbatan boshqacha tartibda saylanadi. Federatsiyalarda (mas, AQShda) har qaysi shtatdan 2 tadan senator saylanadi; odatda, senatorlarning 1/3 qismi har 2—3 yilda almashtirib turiladi. Baʼzi hollarda S. muayyan sud vakolatlariga ega boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasida S. aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. S.ning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, i.ch. sohasida, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqdarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi S.ining (jami 100 senator) vakolat muddati 5 y. Uning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (2002 y. 4 aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002 y., 12 dek.) konstitutsiyaviy qonunlarga, shuningdek, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida"gi (2003 y. 29 avg .) konunga muvofiq tashkil etiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil