Maria Ressa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Maria Ressa
Maria Ressa 2021-yil Oktabr
Tavalludi
María Angelita Delfín Aycardo

12-sentabr 1958-yil (1958-09-12) (64 yosh)
Filippin Filippin Manila,
Fuqaroligi

Filippin Filippin

Qoʻshma Shtatlar AQSH
Kasbi Jurnalist Yozuvchi
Taʼlimi

Qoʻshma Shtatlar Princeton Universiteti(AB)

FilippinFilippin Diliman Universiteti
Mukofotlari
  • Ozodlikning oltin qalami (eng.Golden Pen of Freedom Award)) (2018-yil)
  • YUNESKO/Guillermo Cano Jahon matbuot erkinligi mukofoti ((eng.UNESCO/Guillermo Cano World Press Freedom Prize)) (2021yil)
  • Tinchlik uchun Nobel mukofoti (eng.Nobel Peace Prize) (2021-yil)
Sayt Rasmiy veb sayt

María Angelita Ressa (inglizcha Maria Angelita Ressa, 1963-yil 2-oktabrda Manilada tugʻilgan[1]) — filippin-amerikalik jurnalist va yozuvchi, Rappler Internet yangiliklar saytining asoschilaridan biri va bosh direktori. Filippinlik birinchi Nobel mukofoti sovrindori[2].2018-yilda Times jurnalining Yil odami ro'yhatiga kiritilgan. Ressa Chegara bilmas muxbirlar komissiyasining axborot va demokratiya boʻyicha 25 ta yetakchi shaxslaridan biri.[3] U Dmitriy Muratov bilan birga demokratiya va mustahkam tinchlikning zarur sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun 2021-yilgi tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa 1963-yilda Manilada tug'ilgan. Ressaning otasi u bir yoshga to'lganda vafot etadi. Keyin onasi Ressa va singlisini otasining oilasi bilan qoldirib, Amerika Qo'shma Shtatlariga ko'chib o'tdi, lekin tez-tez farzandlarining oldiga kelib turardi. Keyinchalik uning onasi italyan-amerikalikka turmushga chiqdi va Filippinga qaytib keldi. U ikkala farzandini ham o'zi bilan birga AQShga olib ketdi bu paytda Ressa oʻn yoshga toʻlgan edi. Ressaga o'gay otasi o'z familiyasini ber va endi u Maria Anjelita Ressaga aylandi. Uning ota-onasi Nyu-Jersi shtatidagi Toms Riverga ko'chib o'tishadi. Ressa u yerda uyi yaqinidagi Toms River North High School davlat maktabiga qatnay boshlaydi.

Ressa Prinston universitetida bakalavriat talabasi bo'lib, uni Arts Bachelor bilan yakunlagan. U «Sagittarius» nomli 77 sahifalik dissertatsiyasini himoya qilgan[4][5].

Karyera[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maria Angelita 1986-yilda sariq inqilobdan keyin vataniga qaytib keldi va televideniyada ishlay boshladi. U 1987-yildan 1995-yilgacha Maniladagi CNN byurosi rahbari va 1995-yildan 2005-yilgacha CNNning Jakartadagi byurosi boshligʻi boʻlgan. 2005-yildan beri u Filippinning ABS-CBN[6] teleradiokompaniyasining yangiliklar xizmati rahbari, 2011-yilda esa Rappler Internet yangiliklar saytini yaratdi va unga rahbarlik qilmoqda[7][8][9].

Ressa Filippinning sobiq prezidentidan intervyu olmoqda 7-Iyul , 2016-yil

Filippin hukumati bilan ziddiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilda Ressa Filippinning kiberjinoyatlarga oid munozarali qonuni[10][11] boʻyicha internetda tuhmat qilganlik uchun[12][13] hukm qilingan. Maria Ressaning ta'qib qilinishi inson huquqlari tashkilotari va jurnalistlar tomonidan matbuot erkinligiga hujum sifatida qoralangan[14][15][16].

2019-yil 13-fevralda Ressa Rappler tarmog'ida 2012-yilda tadbirkor Vilfredo Keng oʻz mashinasini mamlakat Oliy sudi raisi Renato Koronaga qarzga bergani haqidagi yolgʻon xabarni e’lon qilganlikda ayblanib hibsga olingan. Ertasi kuni u garov evaziga ozod qilindi. 2020-yil 15-iyun kuni Manila sudi uni tuhmat qilishda aybdor deb topdi. Ressa Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening doimiy tanqidchisi bo'lganligi sababli, uning hibsga olinishi va sudlanganligi ko'pchilik muxolifat va xalqaro hamjamiyat tomonidan siyosiy motivli harakat sifatida ko'rilgan[17][18][19][20].

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa Janubi-Sharqiy Osiyoda terrorizmning kuchayishiga oid ikkita kitob muallifi — An Eyewitness Account of Al-Qaeda's Newest Center (2003)[21] va From Bin Laden to Facebook: 10 Days of Abduction, 10 Years of Terrorism (2013)[22].

Ta'lim berish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa Prinston universiteti uchun Janubi-Sharqiy Osiyoda siyosat va matbuot bo'yicha kurslarni o'qitgan va Filippin Diliman universiteti uchun jurnalistika fanidan dars bergan[23].

Rappler[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa 2012-yilda boshqa uchta ayol asoschi 12 nafar jurnalist va dasturchilardan iborat kichik jamoa bilan birga Rappler onlayn yangiliklar saytini yaratdi. U dastlab 2011-yil avgust oyida MovePH nomli Facebook sahifasi sifatida o'z faoliyatini boshladi[24], 2012-yil 1-yanvarda toʻliq veb-saytga aylandi[25]. Sayt Filippindagi birinchi multimedia yangiliklar veb-saytlaridan biriga hamda Filippindagi yirik yangiliklar portaliga aylandi ko'plab mahalliy va xalqaro mukofotlarga sazovor bo'ldi. U yangiliklar veb-saytining ijrochi muharriri va bosh ijrochi direktori bo'lib ishlaydi[26].

Haqiqiy kontentni nazorat qilish kengashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 25-sentabrda Ressa Facebook kontentini moderatsiya qilish siyosati va fuqarolik hayotidagi roli haqida jamoatchilik fikrini bildirish uchun tashkil etilgan mustaqil kuzatuvchi guruhi boʻlgan “Haqiqiy Facebook Kuzatuv kengashining 25 nafar aʼzolaridan biriga aylandai[27].

Huquqiy masalalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa birinchi marta Filippinning 16-prezidenti Rodrigo Duterte bilan 1980-yillarda Davao meri boʻlganida suhbatlashgan. Ressa 2015-yilda prezidentlik kompaniyasi chogʻida Dutertedan yana bir bor intervyu oldi, Duterte Davaoda mer boʻlganida uch kishini oʻldirganini tan oldi[28]http://www.rappler.com/nation/politics/elections/2016/110679-duterte-contradictions-dictatorship. Rappler Dutertening siyosatini, ayniqsa, giyohvand moddalarga qarshi kurash siyosatini doimiy ravishda tanqid qilib, Duterte roziligi bilan politsiya tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar haqidagi voqealarni aytib berdi. Ressa boshqaradigan veb-sayt, Duterte tarafdori bo'lgan onlayn troll armiyasi haqida yozgan, Rappler jurnalistining maqolasiga ko'ra maqolasiga ko'ra, Dutartening trollar armiyasi soxta yangiliklar tarqatgan va uning prezidentligi haqidagi hikoyani bo'rttirgan[29].

2017-yil iyul oyida Duterte Ittifoqning holati haqidagi nutqida Rappler toʻliq amerikaliklarga tegishli shuning uchun konstitutsiyani buzganini e’lon qildi. U, shuningdek, Rappler yangiliklari nafaqat soxta, balki ularning filippinlik ekanligi ham soxta, deya ta'kidlagan. Keyinchalik, 2017-yil avgust oyida Filippin Qimmatli qog'ozlar va birja komissiyasi (SEC) Rapplerga nisbatan tergov boshladi va uning hujjatlarida tintuv amalga oshirdi. 2018-yil yanvar oyida u Rapplerning biznes litsenziyasini bekor qildi[30]. Ish apellyatsiya sudiga yuborildi va u yerdan asossizligi uchun SECning qarori bekor qilindi[31][32]. Duterte 2018-yilda Rappler muxbiri bilan suhbatda shunday degan edi: Agar siz bizga axlat tashlamoqchi boʻlsangiz, biz buni tushunishimiz mumkin. lekin — sizchi? Siz ham tozamisiz?" Dutarte boshchiligidagi hukumat saytni boshqarish litsenziyasini olib tashladi[33].

Qo'lga olish va sud[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 22-yanvarida Rodrigo Duterte ma’muriyati Ressaning tanqidni jazolash uchun foydalangan 2012-yildagi Kiberjinoyatlarning oldini olish toʻgʻrisidagi qonunga binoan internetda tuhmat qilish yuzasidan shikoyat arizasini bajarish uchun Filippin Milliy Tergov Byurosi (NBI) huzuriga prezident va uning ittifoqchilari chiqishdi[34][35][36][37][38]. Sudga chaqiruv qog'ozi 10-yanvar kuni Resse, sobiq Rappler muxbiri Reynaldo Santos va biznesmen Benjamin Bitanlarga kelgan edi. Chaqiruv varaqasi 2017-yil oktabr oyida Rappler sahifasida e'lon qilingan Filippin-Xitoy fuqarosi Vilfredo Keng tomonidan oʻzining avtomobilini marhum sudya Renato Koronaga korrupsion yordam sifatida taqdim etgani haqidagi maqolani e’lon qilganidan keyin topshirilgan. Maqola 2012-yilda Benigno Aquino III tomonidan kibertuhmatni jinoiylashtirish toʻgʻrisidagi qonun imzolanishidan oldin yozilgan boʻlsa-da, Adliya departamenti uni 2014-yilda tipografik xato tuzatilganidan keyin qayta nashr etilgan deb hisobladi[39][40].

2018-yil noyabr oyida Filippin hukumati Ressa va uning Rappler Holdings korporatsiyasini soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va soliq deklaratsiyasini taqdim etmaslikda aybdor deb e’lon qildi[41]. Ayblov Omidyar Network kompaniyasining 2015-yilda Rappler kompaniyasiga kiritgan sarmoyasiga taalluqlidir[42]. Ressa qonunbuzarlikni rad etib[43], avvaliga chet el pullari uning menejerlariga hadya qilingani, keyin esa sarmoyalar qimmatli qog'ozlar ko'rinishida bo'lganini ta'kidlashgan[44]. Rappler har qanday qonunbuzarlikni rad etib bayonot berdi. Filippin Ichki daromad xizmati Ressaning tushuntirishini o'rganib chiqqandan so'ng, Rapplerning qimmatli qog'ozlardan olgan kapital daromadlarini soliqqa tortish bo'yich qaror qildi. Unda Rappler 133 million funt sterling soliq toʻlashdan boʻyin tovlagan, degan xulosaga kelingan edi.

2019-yil 13-fevralda Manila viloyat birinchi instantsiya sudi 46-boʻlimining filippinlik sudyasi Reineld Estacio-Montesa Ressani Rapplerda chop etilgan maqolasi uchun kiber tuhmat bo'yicha hibsga olish uchun order berdi. Filippin Milliy Tergov Byurosi mansabdor shaxslari kiber tuhmat bo'yicha ushbu order yuklatgan vazifani bajarishdi. Kiber tuhmat toʻgʻrisidagi qonun maqola dastlab chop etilganidan keyin qabul qilingan, shuning uchun ayblov matnidagi xatoni tuzatish qayta nashr qilish deb hisoblanishi mumkin boʻlgan texnik xususiyatga asoslangan edi. Hibsga olinish jarayonini koʻplab yuqori martabali Rappler muxbirlari Facebook’da jonli efirga uzatishdi.

Ressa o'zining sud ishida bepul yuridik yordam ko'rsatgan advokat bilan birga

]]

Vaqt cheklovlari tufayli Ressa o'zining 60,000 peso (1,150 AQSh dollari) miqdoridagi garov pulini to'lab bera olmadi, bu uning hibsga olinishiga va NBI binosining (ushlash) majlislar zalidan to'g'ri qamoqqa olib ketilishiga olib keldi. Hammasi bo'lib, uning ishiga olti nafar advokat jalb qilingan, ulardan ikkitasi mutlaqo bepul ishlashgan[45]. 2019-yil 14-fevralda Ressa Manila shahri sudyasi Mariya Tereza Abadilla boshqargan sud jarayonida 100 ming peso (1900 dollar) garov evaziga ozod qilindi.

Ressaning hibsga olinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan tanqid qilindi. Ressa prezident Rodrigo Dutertening ashaddiy tanqidchisi boʻlgani uchun koʻpchilik hibsga olinishini siyosiy sabablarga bog'ladi. Bundan farqli o'laroq, Malakanang saroyi rasmiysi hukumatning hibsga olinishiga aloqadorligini rad etib, Ressaga qarshi da'vo xususiy shaxs, da'vogar Vilfredo Keng tomonidan qo'zg'atilganini ta'kidlab o'tgan edi[46].

AQShning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt Barcha demokratik davlatlar tomonidan Ressaning hibsga olinishi qoralanishi kerak degan xulosaga keldi. Xuddi shunday, Filippin Jurnalistlar milliy uyushmasi ham buni bezori hukumatning o'rinsiz ta'qibi deb atadi.

Ressa 2020-yil 15-iyunda aybdor deb topildi[47]. Sudya Reineld Estasio-Montesa o'z qarorida Rappler e'tirozli maqoladagi turli jinoyat da'volarini tasdiqlovchi zarracha dalil keltirmadi deb ta'kidladi. Ular shunchaki o'zlarining onlayn nashrlarida yolg'on yoki haqiatligini tagiga yetmay xech o'ylamasdan yangilik sifatida e'lon qilishdi[48]. Sudya Reineld Estasio-Montes ham Nelson Mandeladan iqtibos keltirdi: Ozod boʻlish shunchaki oʻz zanjirlaringizni tashlash emas, balki boshqalarning erkinligini hurmat qiladigan va mustahkamlaydigan tarzda yashashdir. Kolumbiya universiteti qoshidagi Barqaror tergov hisobotlari markazi direktori Sheyla Koronelning taʼkidlashicha, hukm “XXI asrda demokratiya qanday oʻlib borayotganini” aks ettirgan[49].

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa Emmi mukofotiga Eng yaxshi tergov reportaji uchun, Osiyo televideniesi mukofotiga, TOWNS – Millat xizmatidagi oʻn nafar ayol (Filippin) va TOYM Filippin mukofotlariga nomzod boʻlgan[50][51].

  • 2015-yilda Filippin kino press-klubi Televideniya uchun 29-chi PMPC Star mukofoti marosimida Ressani Eshittirishda muvaffaqiyat qozonganlik mukofoti bilan taqdirladi[52].
  • 2016-yilda u Calibre tomonidan Filippindagi eng nufuzli va qudratli 8 ta yetakchidan biri sifatida qayd etilgan[53].
  • 2017-yil noyabr oyida Ressa Rappler axborot tashkilotining bosh direktori sifatida Vashingtonda boʻlib oʻtgan Demokratiyaga qarshi dezinformatsiya: faktlar uchun kurash nomli yillik Demokratiya mukofoti uchun bazmda Milliy Demokratik Institut tomonidan uchta tashkilotga berilgan 2017-yilgi Demokratiya mukofotini qabul qildi[54].
  • 2018-yil may oyida Ressa Knight xalqaro jurnalistika mukofotini oldi, u yerda u Filippin hukumatining giyohvand moddalarga qarshi qonli urushiga e'tibor qaratuvchi qo'rqmas muharrir va media innovatori sifatida ta'riflandi[55].
  • 2018-yil iyun oyida Ressa Rappler bilan ishlagani uchun Jahon gazetalari assotsiatsiyasining Ozodlik oltin qalami mukofotini oldi[56].
  • 2018-yilning noyabr oyida Jurnalistlarni himoya qilish qoʻmitasi Ressaga Hukumatning doimiy ta’qibi ostida jurnalistik jasoratini e’tirof etgani uchun Matbuot erkinligi uchun Gven Ifill mukofotini topshirdi[57].
  • 2018-yil dekabr oyida u Times jurnalining 2018-yilning Yil odamiroʻyxatiga kirdi. Ressa 1986-yilda sobiq prezident Korazon Akinodan keyin bu unvonga ega bo'lgan ikkinchi filippinlik hisoblanadi[58][59].
  • 2019-yil aprel oyida u Times jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 kishi roʻyxatiga kiritildi[60].
  • 2019-yil may oyida Ressa Kolumbiya Universiteti Jurnalistika Oliy maktabining Oʻz ishining sifati, shu sohadagi jasorati va qat’iyati uchun maktabning eng oliy mukofoti boʻlgan Kolumbiya universiteti jurnalistika mukofotini oldi[61].
  • 2019-yil iyun oyida Ressa xalqaro sahnada o'z ta'sirini o'tkazgan jurnalistlarni taqdirlaydigan Kanada Jurnalistika Jamg'armasi mukofotini oldi[62].
  • 2019-yil oktabr oyida Ressa BBCning 100 ayol roʻyxatiga kiritildi[63].
  • 2021-yil aprel oyida Ressa YuNESKO/Guillermo Cano Jahon matbuot erkinligi mukofotini oldi[64].

Nobel mukofoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ressa bosh vazir va Norvegiya Mehnat partiyasi rahbari Jonas Gahr Store tomonidan 2021-yilgi Tinchlik uchun Nobel mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan[65][66] 2021-yil 8-oktabrda Ressa rossiyalik Dmitriy Muratov bilan birga mukofot sohibi sifatida rasman e’lon qilindi. Ularga demokratiya va mustahkam tinchlikning dastlabki sharti boʻlgan soʻz erkinligini himoya qilishdagi sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofot berild[67]. Ressa va Muratovlar 1935-yildan beri Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan birinchi jurnalistlardir[68].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://www.nobelprize.org/prizes/peace/2021/ressa/facts/
  2. http://www.cbc.ca/news/world/democracy-as-we-know-it-is-dead-filipino-journalists-fight-fake-news-1.4086920
  3. https://rsf.org/en/maria-ressa
  4. https://southeastasiaglobe.com/in-the-face-of-power/
  5. https://www.weforum.org/people/maria-ressa/
  6. https://www.scmp.com/magazines/post-magazine/long-reads/article/3011509/maria-ressa-duterte-critic-and-guardian-truth
  7. http://www.rappler.com/about-rappler/about-us/6677-the-people-behind-rappler
  8. http://thenewmedia.com/interview-with-maria-ressa-ceo-of-rappler-com/
  9. http://www.cbc.ca/news/world/democracy-as-we-know-it-is-dead-filipino-journalists-fight-fake-news-1.4086920
  10. https://www.dw.com/en/philippines-maria-ressas-cyber-libel-verdict-a-method-of-silencing-dissent/a-53811284
  11. https://www.bbc.com/news/technology-19810474
  12. https://www.aljazeera.com/news/2020/6/15/maria-ressa-found-guilty-in-blow-to-philippines-press-freedom
  13. https://www.theguardian.com/world/2020/jun/15/maria-ressa-rappler-editor-found-guilty-of-cyber-libel-charges-in-philippines
  14. arxiv nusxasi, archived from the original on 2020-06-30, https://web.archive.org/web/20200630003432/https://womeninjournalism.org/cfwij-press-statements/cfwij-condemns-cyber-libel-conviction-of-maria-ressa, qaraldi: 2022-06-12 Maria Ressa]]
  15. https://usa.inquirer.net/55795/us-senators-durbin-markey-leahy-slam-ressa-libel-verdict
  16. https://www.washingtonpost.com/world/asia_pacific/maria-ressa-rappler-filipino-american-journalist-guilty-cyber-libel-prison/2020/06/14/0dc58872-ae9c-11ea-98b5-279a6479a1e4_story.html
  17. https://www.theguardian.com/world/2020/jun/15/maria-ressa-rappler-editor-found-guilty-of-cyber-libel-charges-in-philippines
  18. http://time.com/5529350/philippines-rappler-maria-ressa-bail/
  19. https://newsinfo.inquirer.net/1291828/robredo-ressas-cyber-libel-conviction-a-threat-to-filipinos-freedom
  20. https://www.straitstimes.com/asia/se-asia/philippine-journalist-maria-ressa-critical-of-president-rodrigo-duterte-convicted-of
  21. https://www.worldcat.org/oclc/53170118
  22. https://www.worldcat.org/oclc/842932664
  23. https://www.icfj.org/about/profiles/maria-ressa
  24. https://facebook.com/rapplerdotcom/
  25. https://web.archive.org/web/20140804050841/http://www.rappler.com/index.php?view=article&id=385
  26. https://www.theguardian.com/world/2019/feb/14/maria-ressa-arrest-everything-you-need-to-know-about-the-rappler-editor
  27. https://www.nbcnews.com/tech/tech-news/facebook-real-oversight-board-n1240958
  28. https://www.bbc.com/news/world-asia-49601038
  29. https://www.theguardian.com/world/2019/feb/14/maria-ressa-arrest-everything-you-need-to-know-about-the-rappler-editor
  30. https://cnnphilippines.com/news/2018/01/15/sec-revokes-rappler-license-to-operate.html
  31. https://www.theguardian.com/world/2019/feb/14/maria-ressa-arrest-everything-you-need-to-know-about-the-rappler-editor
  32. https://www.bbc.com/news/world-asia-42692723
  33. https://www.bbc.com/news/world-asia-49601038
  34. https://www.manilatimes.net/2018/05/03/latest-stories/breakingnews/duterte-anybody-can-criticize-me-except-foreigners/396588
  35. https://interaksyon.philstar.com/breaking-news/2018/01/22/117342/harry-reiterates-palace-no-hand-in-summons-vs-rapplers-maria-ressa-2-others/
  36. https://newsinfo.inquirer.net/1275443/monsod-arrest-of-duterte-critic-sans-libel-complaint-illegal-unconstitutional
  37. https://newsinfo.inquirer.net/1275073/man-from-agusan-del-norte-nabbed-for-controversial-post-vs-bong-go-duterte
  38. http://www.rappler.com/nation/259053-dole-asks-taiwan-deport-ofw-facebook-posts-criticize-duterte
  39. https://www.washingtonpost.com/world/asia_pacific/maria-ressa-rappler-filipino-american-journalist-guilty-cyber-libel-prison/2020/06/14/0dc58872-ae9c-11ea-98b5-279a6479a1e4_story.html
  40. https://www.theguardian.com/world/2019/jul/09/philippines-amal-clooney-to-defend-journalist-maria-ressa-in-press-freedom-fight
  41. http://www.pna.gov.ph/articles/1053479
  42. https://www.manilatimes.net/2018/03/09/news/top-stories/rappler-holdings-charged-with-tax-evasion/385003
  43. https://www.nytimes.com/2018/11/09/business/duterte-critic-rappler-charges-in-philippines.html
  44. https://www.manilatimes.net/2019/02/20/opinion/columnists/topanalysis/the-truth-about-ressa-and-her-vilification-of-duterte/514307/
  45. https://www.cnn.com/2019/02/13/asia/maria-ressa-arrest-warrant-intl/index.html
  46. https://www.bbc.com/news/world-asia-47235444
  47. https://www.theguardian.com/world/2020/jun/15/maria-ressa-rappler-editor-found-guilty-of-cyber-libel-charges-in-philippines
  48. https://apnews.com/cb026b7094fac489d60cf248eb86bbb2
  49. https://www.theatlantic.com/international/archive/2020/06/maria-ressa-rappler-philippines-democracy/613102/
  50. http://prezi.com/t5pq_jjq8zi7/untitled-prezi/
  51. http://islandssociety.org/projects/global-projects/local-female-leaders/
  52. https://www.rappler.com/bulletin-board/114827-maria-ressa-lifetime-achievement-award-broadcasting-pmpc-star-awards-2015
  53. https://www.kalibrr.com/advice/2016/03/most-influential-and-powerful-women-leaders
  54. https://www.ndi.org/our-stories/2017-democracy-dinner-explores-global-threat-disinformation
  55. https://www.icfj.org/news/digital-news-trailblazers-philippines-and-venezuela-receive-top-international-journalism-award
  56. https://www.journalism.co.uk/news/maria-ressa-executive-editor-of-rappler-receives-golden-pen-of-freedom/s2/a722933/
  57. https://cpj.org/awards/maria-ressa/
  58. https://leagueonlinenews.com/news/rapplers-maria-ressa-among-times-person-of-the-year-2018/
  59. http://time.com/person-of-the-year-2018-the-guardians/
  60. https://time.com/collection/100-most-influential-people-2019/5567672/maria-ressa/
  61. https://journalism.columbia.edu/Maria-Ressa-2019-Graduation/
  62. https://www.newswire.ca/news-releases/canadian-journalism-foundation-to-recognize-embattled-journalist-maria-ressa-with-tribute-honour-829901020.html
  63. https://www.bbc.com/news/world-50042279
  64. https://au.news.yahoo.com/embattled-philippine-journalist-wins-un-161430616.html
  65. https://www.dagsavisen.no/nyheter/verden/hektisk-nomineringsaktivitet-for-fredsprisfrist-1.1827991
  66. https://www.aftenposten.no/norge/politikk/i/jBL23A/flere-fredsprisforslag-foer-fristen-gikk-ut
  67. https://www.nobelprize.org/prizes/peace/2021/summary/
  68. https://www.pbs.org/wgbh/frontline/article/we-will-hold-the-line-a-year-end-message-from-frontlines-executive-producer/

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]