Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA; MAGATE) — atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha hukumatlararo tashkilot, BMTning Nyu York konferensiyasi qaroriga binoan tashkil etilgan. Nizomi 1956 y. sentabrda qabul qilinib, 1957 y. 29 iyulda kuchga kirgan. Bosh qarorgohi — Vena shahri (Avstriya)da. AEXAga 114 mamlakat (1997 y.) a’zo. AEXA maxsus tashkilotlar qatoriga kirishiga qaramay, alohida maqomga ega emas. BMT bilan uning aloqalari 1957 y. 14 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi bilan imzolangan bitimga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu bitim va AEXA Nizomiga asosan agentlik har yilda kamida bir marta faoliyati to‘g‘risida BMT Bosh Assam-bleyasi yoki zarurat paydo bo‘lganda uning Xavfsizlik Kengashi oldida hisobot beradi. Agentlikning asosiy maqsadi 770atom energiyasidan tinchlik yo‘lida foy-dalanish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Turli mam-lakatlarda o‘z i. t. laboratoriyalari bor. AEXA rivojlanayotgan davlatlarga yadro xavfsizligi va radiatsion himoya uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan yordamlashadi. AEXAning asosiy fao-liyatiga kiradigan sohalar: qurol-yarog‘ ishlab chiqaradgan yadro texnologiyasini qattiq nazoratgaolish; yadro energetika-si sohasida yordam ko‘rsatish; radioaktiv chiqindilarni to‘g‘ri va xavfsiz ko‘mish; shu sohaga oid Norma va Qoidalarni eks-pert-yuristlar yordamida tayyorlash; i. t. dasturlarini qo‘llab-quvvatlash; avari-yalarga oid dasturlar ishlab chiqish; q. x.da yadroviy usullar va radioaktiv mod-dalar yordamida hosildorlik va tuproq unumdorligini oshirish; q. x. va chorva-chilikda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashda yordam berish va boshqa O‘zbekiston Respublikasi 1994 y. 21 yanvar da AEXAga a’zo bo‘lib, xalqaro standartlarni tan olish, atom energiyasidan xalq xo‘jaligida foydalanish, radioaktiv moddalar bilan xavf-xatarsiz ishlashda xalqaro standartlar, qonun-qoidalarga rioya qilishni o‘z zimmasi-ga olgan. Agentlik oliy organi — Bosh konferensiya a’zo davlatlarning vakil-laridan tashkil topgan va har navbatdagi sessiyaga yig‘iladi. Nizom bo‘yicha navbatdan tashqari sessiyalar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. AEXA Boshqaruvchilar kengashi agentlik ishlab chiqqan dastur, atom energiyasi sohasida umumiy siyosat va boshqaruv ishlarini amalga oshiradi. Mazkur kengash tarkibiga 35 davlat va-killari kiradi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil