Andrey Saxarov
| Andrey Dmitriyevich Saxarov | |
|---|---|
|
Andrey Saxarov, 1989-yil | |
| Tavalludi |
21-may 1921-yil Moskva, RSFSR |
| Vafoti |
14-dekabr 1989-yil (68 yoshda) Moskva, SSSR |
| Fuqaroligi |
|
| Sohasi | fizik, huquq himoyachisi, yadro fizigi, siyosatchi |
| Ish joylari | SSSR Fanlar akademiyasi P.N. Lebedev nomidagi Fizika instituti (1947—1950, 1969—1980) |
| Taʼlimi | Moskva davlat universiteti Fizika fakulteti |
| Akademik rahbarlari | Igor Tamm |
| Mashhur shogirdlari | Vladimir Lebedev |
| Mashhur ishlari |
RDS-37 Sovet yadro dasturi Sar bomba Portlash bilan pompalanadigan oqim siqish generatori Elektromagnit puls Tokamak Muon-katalizlanadigan sintez Saxarov shartlari Induksiyalangan gravitatsiya Proton parchalanishi Dissident Inson huquqlari himoyachisi Saxarov mukofoti |
| Taʼsir koʻrsatgan | birinchi vodorod bombasi yaratuvchilaridan, huquq himoyachi, Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sohibi |
| Mukofotlari |
Xorijiy: |
| Turmush oʻrtogʻi |
Klavdiya Vixireva (1943–1969) Yelena Bonner (1972–1989) |
| Veb-sayt | Saxarov virtual muzeyi |
Andrey Dmitriyevich Saxarov (21-may 1921-yil 14-dekabr Moskva 1989-yil) – rus nazariyotchi fizigi, jamoat arbobi, SSSRda vodorod bombasini yaratganlardan biri (1953), akademik (1953), 3 marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1953, 1956, 1962). Moskva universitetini tugatgan (1942). SSSR Fanlar akademiyasining P. N. Lebedev nomidagi Fizika institutida ishlagan (1945-yildan). Ilmiy ishlari magnit gidrodinamikasi, plazma fizikasi, boshqariladigan termoyadro sintezi, elementar zarralar, astrofizika, gravitatsiyaga oid. Boshqariladigan termoyadro reaksiyasini yuzaga keltirish uchun magnit maydonida qizigan plazmani qoʻllash gʻoyasini taklif etgan (I.Y. Tamm bilan hamkorlikda). 50-yillarning oxirida yadro qurollarini sinashni toʻxtatish kerakligi toʻgʻrisida faol ishtirok etgan. 60-yillarning oxiri – 70-yillarning boshida huquqni himoya qilish harakatining yetakchilaridan biri. Saxarov „Taraqqiyot, tinch-totuv yashash va intellektual erkinlik toʻgʻrisida mulohazalar“ (1968) asarida bir-biriga qaramaqarshi turgan sotsialistik va kapitalistik sistemada yadro urushi, ochlik, ekologik va demografik halokat, jamiyat maʼnaviyatining inqirozi, irqchilik, millatchilik, diktatorlik rejimi kabi insoniyatga solayotgan tahdidlar ustida fikr yuritdi. Jamiyatni demokratlashtirish va qurolsizlantirish, ikki sistemani yaqinlashtirishga olib boradigan intellektual erkinlik, sotsial va ilmiy texnika taraqqiyotini barqaror etish masalalari koʻtarildi. Mana shu asar Gʻarbda eʼlon qilinganidan soʻng Saxarov hamma maxfiy ishlardan chetlashtirildi. Afgʻonistonga sovet qoʻshini kiritilishiga ochiqdan-ochiq norozilik izhor qilgani uchun 1980-yil yanvarda barcha mukofotlaridan mahrum etildi va Gorkiy shahriga surgun qilindi. U yerda ham Saxarov huquqni himoya qilish faoliyatini davom ettirdi. Surgundan 1986-yilda qaytgan. Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1975)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 21-mayda tugʻilganlar
- 1921-yilda tugʻilganlar
- Moskvada tugʻilganlar
- 14-dekabrda vafot etganlar
- 1989-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- „1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan Urushida jasorat bilan qilgan xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlanganlar
- Mehnat faxriysi medali sohiblari
- Boʻz yerlarni oʻzlashtirgani uchun medali bilan taqdirlanganlar
- Lenin mukofoti laureatlari
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Sovet yozuvchilari
- Andrey Saxarov
- Moskva davlat universiteti bitiruvchilari
- SSSR fiziklari
- Fizika-matematika fanlari doktorlari
- Sovet dissidentlari
- Uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari
- AQSh Milliy fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari
- Fransiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzolari
- Bolonya universiteti faxriy doktori
- Oksford universiteti faxriy doktori
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
