Fridtjof Nansen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fridtjof Nansen (1861.10.10 — Kristianiya (hozirgi Oslo) yaqinida — 1930.13.5) — norveg sayyohi, okeanograf, jamoat arbobi. 1880—82 yillarda Kristianiya universitetida oʻqigan. 1897 yildan oʻsha universitetda zoologiya professor, Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1898). 1888 yilda birinchi boʻlib changʻida Grenlandiyaning janubiy qismini kesib oʻtib, uning ichki rayonlari butunlay muz bilan qoplanganligini aniqladi. 1893 yil maxsus qurilgan "Fram" kemasida Shimoliy qutbni zabt etish maqsadida yoʻlga chiqadi va Shpitsbergen o.gacha yetib bordi. 1895 yilda N. ekspeditsiya qatnashchisi F. Ya. Iogansen bilan "Fram"ni tark etib, ilmiy tadqiqot oʻtkazish uchun qutb tomon yurdi, lekin 86°14’ shahrik.dan orqaga qaytishga majbur boʻldi.

"Fram"da okeanografik, meteorologik kuzatuvlar olib borildi, Shimoliy Muz okeani sayoz emasligi aniklan-di, suzib yurgan muzlar harakatiga Yerning sutkalik aylanishi taʼsiri kashf qilindi. N. 1902 yilda Kristianiyada Markaziy okeanografik laboratoriya tashkil etdi. 1913 yilda Shimoliy Muz okeani qirgʻogʻi boʻylab suzib, Yenisey daryosi quyilish joyigacha yetib bordi, undan Sharqiy Sibirning janubiy qismi va Uzoq Sharqqa sayohat qildi. 1914—18 yillarda Millatlar ligasining harbiy asirlar masalasi boʻyicha Bosh komissari boʻlgan. N. nomiga Arktika va Antarktikada bir qancha obʼyektlar qoʻyilgan. Insonparvarlik faoliyati uchun N.ga Nobel Tinchlik mukofoti berilgan (1922).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil