Taylor Swift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taylor Swift

Swift 2022-yilda
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Taylor Alison Swift
Tavalludi 13-dekabr 1989-yil (1989-12-13) (33 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr Country, country pop,[1] pop,[2] teen pop, pop musiqa, pop rock
Amplua vokal, gitara, pianino,[3] ukulele,[4] banjo
Faoliyat yillari 2006—hozirgacha
Sayt taylorswift.com

Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 13-dekabr 1989-yilda tugʻilgan) amerikalik pop-qoʻshiqchi,[1] qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning Reading shahrida tugʻilib,[5] Wyomissingda oʻsgan Swift oʻn toʻrt yoshida country musiqada karyera qilish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchdi. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavis boʻldi. Swiftʼning 2006-yili eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan country yulduziga aylantirdi. „Our Song“, uning uchinchi singli, uni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochi qildi. 2008-yilgi Grammy taqdimotida Eng Yaxshi Yangi Artist nomzodligiga erishdi.

Swiftning ikkinchi albomi, Fearless, 2008-yilda chiqarildi. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yil eng koʻp sotilgan albom boʻldi va miqyosli gastrollar bilan dastaklandi. Albom 52-Grammy taqdimotida toʻrtta mukofot olib, Swift Yil Albomi olgan eng yosh ijodkor boʻldi. Swiftʼning uchinchi albomi, 2010-yilgi Speak Now, AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklandi. Speak Now doirasidagi konsertlardan biri Oʻzbekistonning UzHD telekanalida namoyish etildi. Albomning uchinchi singli, „Mean“, ikkita Grammy mukofoti oldi. Swiftʼning toʻrtinchi albomi, Red, 2012-yilda chiqarildi. U AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftʼni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirdi. „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari butunjahon hit boʻldi. 2013—2014-yillar uchun Red Tour rejalashtirildi.

Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville Qoʻshiqnavislar Uyushmasi va Qoʻshiqnavislar Shuhrat Zali tomonidan izzatlanadi. Swiftʼning boshqa yutuqlariga yettita Grammy, oʻn ikkita Billboard Music Awards, oʻn beshta American Music Award, oʻn bitta Country Music Association Awards va oltita Academy of Country Music Awards mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan u $220 milliondan ziyodga baholanadi. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentineʼs Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1989-2003: Ilk hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Swiftning yoshligida oʻqigan Wyomissing, Pennsylvaniadagi uyi yaqinida maktab.

Taylor Alison Swift 13-dekabr 1989-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarining Pennsylvania shtatidagi West Reading shahrida tugʻilgan.[6][7] Uning otasi — Scott Kingsley Swift, sobiq Merrill Lynch shirkatida faoliyat yuritgan birja vositachisi; onasi — Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay), ilgari oʻzaro yordam jamgʻarmasi marketingi boʻyicha ijrochi boʻlib ishlagan sobiq uy bekasi.[8] Shotlandoyalik ekanligini taʼkidlab oʻtgan[9] Swift, xonanda va qoʻshiqnavis James Taylor ismi bilan atalgan.[10] Uning ukasi — Austin Kingsley Swift, aktyor hisoblanadi.[11]

Swift „Reputation Stadium“ konsert safari davomida (2018).

Taylor Swift haqoratli soʻzlardan oʻzini olib qochish bilan tanilgan,[12] shuningdek, haddan oshiq shahvoniylikni aks ettirgan fotosessiyalarda qatnashishdan bosh tortadi,[13] biroq Bloomberg unga seks-ramz sifatida qaraydi.[14]

Mukofotlari va nominatsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Swift 10 ta Grammy mukofoti,[15] Emmy mukofoti,[16] hamda 29 ta Amerika musiqiy mukofoti,[17] 23 ta Billboard musiqa mukofoti,[18] 7 ta Guinness rekordlari,[19] 12 ta mamlakat musiqa assotsiatsiyasi mukofotlari (Pinnacle mukofotini ham oʻz ichiga olgan holda),[20] 8 ta Academy of Country Music mukofoti,[21] hamda Brit mukofotiga[22] sazovor boʻlgan. Qoʻshiqnavis sifatida, Swift Nashville qoʻshiqnavislari assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlangan[23][24] hamda qoʻshiqnavislari sharaf zali tomonidan 2015-yilda Rolling Stonening 100 ta eng yaxshi qoʻshiqnavislari roʻyxatiga eng yosh odam sifatida kiritilgan.[25][26] 2016-yilda boʻlib oʻtgan 64-BMI mukofotlari taqdirlash marosimida Swift oʻzining nomidagi mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayol boʻlgan.[27] Uning Red va 1989 nomli albomlari 2020-yildagi Rolling Stonening „Hamma zamondagi eng buyuk 500 ta albom“ sifatida qayta koʻrib chiqilishiga kiritilgan.[28]

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnelari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taylor Swift Speak Now konsertida (Sidney, Avstraliya, 9-mart 2012-yil).
  • Fearless Tour (2009—2010)
  • Speak Now World Tour (2011—2012)
  • The Red Tour (2013—2014)
  • The 1989 World Tour (2015)
  • Reputation Stadium Tour (2018)

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film
Yil Nom Rol Izohlar
2009 Jonas Brothers: The 3D Concert Experience Oʻzi Kameo
2009 Hannah Montana: The Movie Oʻzi Kameo
2010 Valentineʼs Day Felicia Film debyuti
2012 The Lorax Audrey Ovoz
2014 The Giver Rosemary
TV
Yil Nom Rol Izohlar
2009 CSI: Crime Scene Investigation Haley Jones Qism: „Turn, Turn, Turn“
2009 Saturday Night Live Oʻzi Boshlovchi/musiqiy mehmon
2013 New Girl Elaine Qism: „Elaineʼs Big Day“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Leahey, Andrew; Frye, Megan. „(((Taylor Swift > Obzor)))“. Allmusic. Rovi Corporation. Qaraldi: 25-oktabr, 2009.
  2. Wilson, Benji. „Taylor Swift – the meteoric rise of pop's brightest new star“. Daily Mail. London: Associated Newspapers Ltd (25-oktabr, 2009). 2-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-oktabr, 2009.
  3. „Taylor Swift, Billboard's Best-Selling Artist of 2008, Announces 'Fearless 2009' Headlining Tour“. Big Machine Records (30-yanvar, 2009). 6-iyun 2009-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-yanvar, 2009. Wayback Machine saytida arxivlandi (6-iyun 2009-yil).
  4. „Taylor Swift... The Interview!“. BBC Radio One (17-fevral, 2009). 7-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-fevral, 2009.
  5. Widdicombe, Lizzie. „You Belong With Me“ (10-oktabr, 2011). 8-oktabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-oktabr 2011-yil.
  6. „Taylor Swift: The record-breaking artist in numbers“. CBBC Newsround. 8-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.
  7. Sutherland, Mark. „Taylor Swift interview: 'A relationship? No one's going to sign up for this'“. The Telegraph (23-may 2015-yil). 29-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-oktabr 2020-yil.
  8. Jepson, Louisa. Taylor Swift. Simon & Schuster, 2013 — 1 bet. ISBN 978-1-4711-3087-8. 16-avgust 2016-yilda qaraldi.  Wayback Machine saytida arxivlandi (29-iyul 2017-yil).
  9. „Taylor Swift tells Scotland: 'I am one of you'“. The Independent (24-iyun 2015-yil). 31-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  10. Scott, Walter (11–iyun 2015–yil). „What Famous Pop Star Is Named After James Taylor?“. Parade. 15–oktabr 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12–dekabr 2018–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () Wayback Machine saytida arxivlandi (15-oktabr 2016-yil).
  11. Roth, Madeline. „Taylor Swift's Brother Had The Most Epic Graduation Weekend Ever“. MTV News (19-may 2015-yil). 23-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyul 2016-yil.
  12. Petersen, Lilli „Taylor Swift Legit Broke Her No Cursing Rule To Diss Kanye West In "I Did Something Bad"“. Elite Daily. 31-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
  13. Nisha Lilia Diu. „Taylor Swift: 'I won't do sexy shoots'“. The Daily Telegraph (3-aprel 2011-yil). 30-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-fevral 2017-yil.
  14. Kessler, Zara „Taylor Swift's Sexual Temptation“. Bloomberg L.P. (5-noyabr 2014-yil). 28-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-iyul 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (28-iyul 2016-yil).
  15. „Taylor Swift“. The Recording Academy. 12-avgust, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-avgust 2016-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (12-avgust 2016-yil).
  16. „Taylor Swift, Jimmy Fallon Among Juried Emmy Award Winners“. Variety (10-sentabr, 2015). 15-sentabr, 2015da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-avgust, 2016.
  17. „American Music Awards 2019: Taylor Swift takes artist of the decade in record-breaking haul“ (25-noyabr 2019-yil). 7-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-dekabr 2019-yil.
  18. Grein, Paul (23–aprel 2019–yil). „Taylor Swift Leads the Top Billboard Music Award Winners of All Time“. Billboard. 24–oktabr 2020–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14–dekabr 2019–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  19. Stephenson, Kristen „Taylor Swift breaks 24 hour streaming record on Spotify for 8th album folklore“. Guinness rekordlari (29-iyul 2020-yil). 29-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2020-yil.
  20. Lewis, Randy „Taylor Swift to receive rare Pinnacle Award at CMA Awards Nov. 6“. Los Angeles Times (4-noyabr 2013-yil). 22-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-may 2020-yil.
  21. „Taylor Swift Nashville Tickets“. Excite. 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (3-fevral 2015-yil).
  22. Jonze, Tim „Taylor Swift wins international female solo artist at Brit awards 2015“. The Guardian (25-fevral 2015-yil). 1-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-aprel 2015-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (1-yanvar 2016-yil).
  23. „Taylor Swift Youngest Winner of Songwriter/Artist Award“. en:Great American Country (16-oktabr 2007-yil). 17-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. Archive.is saytida arxivlandi (17-mart 2015-yil)
  24. Shelburne, Craig „Taylor Swift Named NSAI's Songwriter-Artist of the Year“. CMT (18-oktabr 2010-yil). 14-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (14-mart 2014-yil).
  25. „Songwriters Hall of Fame“. Songwriters Hall of Fame. 29-noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2015-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (29-noyabr 2014-yil).
  26. „Bob Dylan – 100 Greatest Songwriters of All Time“. Rolling Stone. 2-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-avgust 2017-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2-sentabr 2017-yil).
  27. Polanco, Luis „Taylor Swift to Receive First-Ever Taylor Swift Award From BMI“. Billboard (5-aprel 2016-yil). 6-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
  28. „The 500 Greatest Albums of All Time“. Rolling Stone (22-sentabr 2020-yil). 1-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]