Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amerika Qoʻshma Shtatlari Milliy Fanlar AkademiyasiAQShdagi ilmiy jamiyat. 1863-yil Vashington shahrida tashkil etilgan. Asosiy maqsadi, mamlakatda fan taraqqiyotiga koʻmaklashishdan iborat. AQSH hukumati va uning bir qancha agentliklari uchun fan va texnika masalalari boʻyicha maslahatchi organ vazifasini bajaradi. Hozirda ushbu jamiyatning 1989 nafar kishi aʼzosi boʻlib, ulardan 80 dan ortigʻi faxriy aʼzo, 271 xorijiy aʼzodir. Ishlarni texnika fanlari milliy akademiyasi (1964) va Tibbiyot instituti (1970) bilan birgalikda muvofiqlashtiradi. Ijrochi organi – Milliy tadqiqot kengashi (1916).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]