Yoʻlbars

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yoʻlbars (Panthera tigris) — mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Shu oilaning eng yirik vakili. Tanasining uz. 160—290 sm (baʼzan 3 m dan ortiq), dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang , tanasining orqa va yon tomonlarida koʻndalang qora yoʻllari boʻladi. 7 ta kenja turi maʼlum. Gʻarbiy va Jan.-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston yarim orol da tarqalgan. Rossiyaning Primorye oʻlkasida amur Y. i (P.t. altaica) uchraydi. 20-asrning 30-yilgacha Kavkaz ortida, 50-yil gacha Amudaryoning quyi oqimida (turon Y.i P.t. virgata) uchragan. Y. -20 asr boshlarigacha Chirchiq havzasida ham yashagan. Y., asosan, toʻqaylar, qalin qamishzor va togʻ oʻrmonlarida yashaydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, toʻngʻizlarni ovlaydi, odamxoʻr Y. kamdan-kam uchraydi. 2—3 yilda bir marta bolalaydi, homiladorlik davri 98—112 kun, 2—6 ta bola tugʻadi; 5—6 oy emizadi. Bolalari 1—2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Soni juda kamayib ketgan, barcha kenja turlari Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil