Tipu yoʻlbarsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bir haykal tarixi. Tipu yoʻlbarsi — XVIII asrda ishlab chiqilgan mexanik oʻyinchoq boʻlib, Hindistondagi Maysur knyazligi hukmdori Tipu Sulton uchun yaratilgan. Oʻymakorlik san'atidan foydalanib ishlangan va rang berilgan yogʻochli korpusga ega ushbu oʻyinchoq britaniyalik askarga hujum qilayotgan yoʻlbarsning deyarli haqiqiy oʻlchamdagi tasvirini aks ettiradi. Yoʻlbars va odamning tanasi ichidagi mexanizmlar odamning bir qoʻlini harakatga keltirishi orqali uning ogʻzidan inson qichqirigʻi va yoʻlbarsning ogʻzidan oʻpirilayotgan tovushlarga taqlidni amalga oshiradi. Bundan tashqari yoʻlbarsning yon tomonidagi qopqoqda 18 notadan iborat kichik damli cholg'u asbobi mavjud.

Tipu yoʻlbarsi Tipu Sultonning shaxsiy gerbi asosida yaratilgan boʻlib, u oʻz dushmani, yaʼni Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasiga nisbatan nafratini aks ettirgan. Tipu yoʻlbarsi Ost-Indiya kompaniyasi jangchilari 1799-yilda Tipu poytaxtiga bostirib kirganidan keyin Tipuning yozgi qarorgohida topilgan. General-gubernator Lord Mornington Tipu yoʻlbarsini dastlab London minorasida koʻrgazmaga qoʻyish niyatida Buyuk Britaniyaga yuboradi. Birinchi marta London jamoatchiligiga 1808-yilda Ost-Indiya uyida, soʻngra Londondagi Ost-Indiya kompaniyasi binosida taqdim etilgan, keyinchalik Tipu yoʻlbarsi 1880-yilda Viktoriya va Albert muzeyiga koʻchirilgan (roʻyxatga olish raqami 2545 (IS))[1]. Tipu yoʻlbarsi Londonga olib kelinganidan beri to bugungi kungacha ommaning doimiy diqqat markazida boʻlib kelmoqda.

Buyuk Britaniya askarini qiynayotgan mexanik yoʻlbars haqidagi eslatmalar Jon Keatsning tugallanmagan „Qoʻngʻiroqli qalpoq“ poemasida va Bernard Kornuellning „Sharp yoʻlbarsi“ romanida qayd etilgan.

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

    • Brittlebank, Kate (May, 1995), Sakti and Barakat: The Power of Tipu's Tiger. An Examination of the Tiger Emblem of Tipu Sultan of Mysore, Modern Asian Studies (Cambridge University Press) . — Т. 29.2: 257–269
    • De Almeida, Hermione & Gilpin, George H. (2005), Indian Renaissance: British romantic art and the prospect of India, Ashgate Publishing, Ltd., ISBN 978-0-7546-3681-6.
    • Ord-Hume, Arthur (February 1987 - Part I, September 1987 - Part II), Tipu's Tiger - its History and Description, Music and Automata Т. 3.9, 3.10
    • Stronge, Susan (2009), Tipu's Tigers, V&A Publishing, ISBN 1-85177-575-7
  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.