Gusarlar
Qiyofa
Gusarlar (vengercha birlikda — huszar) — yengil qurollangan otliq askarlar. Dastlab 1458-yil Vengriyada dvoryan otliq lashkarlardan tuzilgan. Keyinchalik gusarlar eskadron va polklari koʻpgina Yevropa davlatlarining armiyalarida paydo boʻlgan. Polshada XVI—XVII asrlarda gusarlar — ogʻir kavaleriya. Rus armiyasida 1650-yildan 1917-yilgacha saqlangan. XX asr boshlarida Rossiyada 20 ta (shundan 2 tasi gvardiyachi) gusarlar polki boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |