Frank

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
5 frank 1811-yil. Fransiya, Napoleon. Kumush.

Frank (frans. franc) — 1) Fransiya pul birligi. 1799-yildan livra oʻrniga muomalaga kiritilgan. 1 °F.= 100 santim. Xalqaro ifodasi FRF. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 °F.= 91 soʻm 32 tiyin (2002, fev). 2) Belgiya pul birligi. 1 °F.= 100 santim. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 AQSH dollari = 45,68 °F.; 10 °F. = 148 soʻm 49 tiyin (2002, fevral). 2002-yil 1-yanvardan Yevropa Ittifoqi tarkibidagi mamlakatlarda yagona pul birligi — yevro muomalaga kiritilishi bilan Fransiya va Belgiya franklari 2002-yil 30-iyundan muomaladan toʻxtatildi. 3) Shveysariya pul birligi. 1 °F.= =100 santim. Xalqaro ifodasi SNGʻ. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 1 Shveysariya F.i = 705 soʻm 19 tiyin (2003, fevral).

Shuningdek, Benin, Burkina Faso, Burundi, Gabon, Gvineya, Kamerun, Kongo, Litxenshteyn, Lyuksemburg, Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi, Monako, Mali, Niger, Ruanda, Senegal, Togo, Chad va boshqa mamlakatlar pul birligi ham frank deb ataladi. Bu mamlakatlarda 1 °F.= 100 santim.