Tapirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tapirlar (Tapiridae) — toq tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Oyoklari nisbatan kalta, oldingi oyoklarida 4, orqa oyoklarida esa 3 ta barmogʻi bor; oʻrta barmogʻi yaxshi rivojlangan. Tanasining uz. 250 sm cha, boʻyi (yagʻrinidan) 75—120 sm, ogʻirligi 225–300 kg . Terisi jun bilan qoplangan. Dumi qisqa. Kichik va serharakat xartumi yuqori labi oʻzgarishidan paydo boʻlgan. Koʻzi kichik, tishlari 42—44 ta. Tropik oʻrmonlardagi oqmaydigan suv havzalari qirgʻogʻida yakka yashaydi. Tunda faol. Oʻsimliklar bilan oziklanadi. Yaxshi suzadi. Hid bilish, eshitish organlari yaxshi rivojlangan; koʻzlari yaxshi koʻrmaydi. Yiliga bitta bola tugʻadi. Boʻgʻozlik davri 390—400 kun. 5 turi bor.

Oddiy tapir (Jan. Amerikada), togʻ tapiri (Kolumbiya, Shim. Peru va boshqa dengiz sathidan 4000 m baland joylarda), berda tapiri (Kordilyeradan gʻarbda), hind tapiri (Tailand, Malakka i.o., Sumatra o. va boshqa hududlarda) tarqalgan. Goʻshti va terisi uchun ovlanadi. TAR, Thar — Hindiston va Pokiston hududlaridagi choʻl va chala choʻlli tekislik. Hind daryosining chap sohili boʻylab, shim.dan jan.ga 850 km masofaga choʻzilgan. Maydoni 300 ming km². Oʻrtacha bal. 100–200 m. Allyuvial, dengiz va eol qumlari bilan qoplangan, ayrim joylarda qoyalar uchraydi. Relyefida qum joʻyaklari va qum tepa koʻp; barxanlar uchraydi. Iklimi tropik, quruq iqlim. Yillik yogʻin 90–200 mm. Tez-tez changli boʻron boʻlib turadi. Pastqam joylarda shoʻrxok va taqirlar bor, maydaroq shoʻr koʻl koʻp. Oʻsimliklari siyrak, dagʻal oʻtlar va kserofit buta va daraxtlar oʻsadi. Voha koʻp. Dehqonchilik qilinadi, yaylov chorvachiligi rivojlangan. T.ning gʻarbiy qismi Hind daryosidan sugʻoriladi. Sugʻorish kanallari qurilgan.