Bali yoʻlbarsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bali yo'lbarsi
Qazilma davri: Golotsen
1920-yillarda M. Zanveld tomonidan oʻldirilgan Bali yo'lbarsi
Muhofaza maqomi

Qirilib ketgan  (1950-yillar) (IUCN)
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Kenja oila: Katta mushuklar
Urugʻ: Panteralar
Tur: Yoʻlbars
Osttur: Panthera tigris sondaica
Variety: †Bali yoʻlbarsi

Bali yoʻlbarsi[1] yoʻlbarslarning yoʻq boʻlib ketgan populyatsiyasi boʻlib, faqat Bali orolida uchragan. Indoneziya arxipelagidagi uchta yoʻlbars populyatsiyasi Yava yoʻlbarsi (yoʻqolib ketgan) va Sumatra yoʻlbarsi (yoʻqolib ketish xavfi ostida) kabi turlarning biridir.

Filogeniyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bali yoʻlbarsining paydo boʻlishi haqida ikkita umumiy nazariya mavjud. Birinchisi Yava va Bali yoʻlbarslari dastlab bitta kichik tur boʻlgan deb hisoblanadi. Muzlik davrida yoʻlbarslar ikki orolda yakkalanib qolgan boʻlishi mumkin. Shunday qilib, Bali yoʻlbarsi Balida, Yava orolida esa Yava yoʻlbarsi paydo boʻlgan.

Ikkinchi nazariyaga koʻra, bir xil turdagi yoʻlbars (Bali va Yava yoʻlbarslarining ajdodi) oroldan 2,4 km uzoqlikda joylashgan Bali boʻgʻozi boʻylab suzib oʻtgan. Yava va yangi yerlarda oʻrnashib qolgan.

Tashqi koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bali yoʻlbarsi barcha yoʻlbars populyatsiyalarining eng kichigi boʻlan. Erkaklarning uzunligi 120 dan 230 sm gacha, urgʻochilar – 93 dan 183 sm gacha, erkaklarning vazni taxminan 90-100 kg, urgʻochilar – 65-80 kggacha boʻlgan.

Moʻynasi juda qisqa, yorqin toʻq sariq, populyatsiyalar ichida eng qora chiziqlari eng kam boʻlgan tur. Baʼzan chiziqlar orasida quyuq rangli kichik dogʻlari ham boʻlgan.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayot tarzi boshqa yoʻlbars populyatsiyalariga oʻxshagan. Yoʻlbarsning asosiy oʻljasi hind muntjaki va rusa kiyigi, shuningdek, qisqichbaqaxoʻr makakalar boʻlgan .

Ushbu populyatsiyadagi yoʻlbarslarning oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 8-10 yil.

Koʻpayishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrtacha 103 kun davom etgan homiladorlikdan soʻng, urgʻochilar ogʻirligi 0,9 kg dan 1,3 kg gacha boʻlgan 2-3 ta gacha bolalagan. Yosh yoʻlbarslar urgʻochi bilan 1,5-2 yilgacha qolishgan.

Yoʻq boʻlib ketishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asr oxirida gollandlar orolni mustamlaka qilishdan oldin, yoʻlbars orolning gʻarbiy togʻli hududlarida yashagan, sholi yetishtirish uchun yaroqsiz va mahalliy aholi bilan deyarli aloqada boʻlmagan. Ammo 1890-yillarning oxirlarida palma plantatsiyalari va eksportga moʻljallangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari plantatsiyalari uchun togʻ oʻrmonlari kesila boshlangan. Bali yoʻlbarsining birinchi ovlanishi 1911-yil 3-noyabrda sodir boʻlgan, yoʻlbars baron Oskar Voynich (xorvatcha: Oskar Vojnić, veng.: Vojnich Oszkár). U orolning shimoli-gʻarbiy qismida, Gunung Gondola va Banyupoh daryosi oraligʻida katta yoshli yoʻlbarsni otgan. Oʻrmonda yoʻllarning qurilishi mahalliy aholi va yevropalik ovchilar tomonidan yoʻlbarslarning yashash hududlarida rivojlantirilgan. Mahalliy aholi va plantatsiya egalari yoʻlbarsga qiziqib, echki va chorva mollarini oʻlja sifatida ishlatib, ommaviy ovni boshlaganlar. Baron bu voqeani 1913-yilda Budapeshtda nashr etilgan „Sharqiy Hindiston arxipelagida“ kitobida tasvirlab bergan[2] 1920 va 1930-yillarda Bali yoʻlbarslari orolga tashrif buyurgan gollandiyalik ovchi sayyohlar tomonidan tez-tez ovlangan[3] .

1937-yil 27-sentyabrda Gʻarbiy Balida (Sumbar-Kama) soʻnggi yoʻlbars, katta yoshli urgʻochi otib tashlanganidan soʻng, populyatsiya qirilib ketgan deb eʼlon qilingan[4]. 1941-yilda orolning gʻarbiy qismida yovvoyi hayvonlarni himoya qilish uchun 20 000 gektar maydonni egallagan Bali Barat oʻrmon qoʻriqxonasi tashkil etilgan, ammo bu samarasiz boʻlib, yoʻlbarslar qolmagan. Orolning kichik oʻlchami, cheklangan oʻrmon maydoni va dushman aholisini hisobga olganda, hatto bitta yoʻlbarsning omon qolishi dargumon boʻlgan.

M. Zanveld tomonidan oʻldirilgan Bali yoʻlbarsi. 1920-yillar

Bali xalqlari madaniyatida yoʻlbars[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlbars Balida yashovchi xalqlar madaniyatida alohida oʻrin tutgan. U xalq ertaklarida va tasviriy sanʼatda tez-tez tilga olingan. Baʼzi aholi yoʻlbarsga salbiy munosabatda boʻlgan va uni halokatli kuch bilan bogʻlagan.

Orolning mahalliy aholisi yoʻlbars bilan bogʻliq deyarli hech qanday sanʼat asarlari va hujjatlarni saqlab qolmagan. Biroq, baʼzi manbalar hali ham saqlanib qolgan. Ushbu yoʻlbars haqidagi eng toʻliq maʼlumotni vengriyalik baron Voynich toʻplagan, u Bali yoʻlbarsini tuzoqqa tushirgan va uni suratga olishga muvaffaq boʻlgan.

Baʼzi suyaklar ham saqlanib qolgan. Londondagi Britaniya muzeyida Bali yoʻlbarsi qoldiqlarining eng katta: ikkita teri va uchta bosh suyagidan iborat kolleksiyasi mavjud. Bali yoʻlbarsining asosan 1930-yillarda olingan jami 8 ta terisi va boshqa qoldiqlari butun dunyo muzeylarida saqlanib qolgan.

Mahalliy populyatsiyaning toʻliq yoʻq boʻlib ketishiga qaramay, yoʻlbars hinduizmning Bali versiyasida muhim rol oʻynaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fisher D., Saymon N., Vinsent D. Krasnaya kniga. Dikaya priroda v opasnosti / per. s angl., pod red. A. G. Bannikova. – M.: Progress, 1976. – S. 115. – 478 s.
  2. Vojnich, G. 1913: A Kelet-Indiai Szigetcsoporton [in the East Indian Archipelago]. Singer & Wolfner, Budapest, pp. 264.
  3. Seidensticker, J. Large carnivores and the consequences of habitat insularization: ecology and conservation of tigers in Indonesia and Bangladesh // Smitsonian Institution. — 1986. — Andoza:Бсокр. Архивировано 31 oktyabr 2022 года.
  4. Buzas, B. and Farkas, B. 1997. An additional skull of the Bali tiger, Panthera tigris balica (Schwarz) in the Hungarian Natural History Museum. Miscellanea Zoologica Hungarica Vol 11 pp: 101—105.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]