Totemizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Totemizm (Shim. Amerika indeetslarining ojibve qabilasi tilidagi "ototem" — "uning urug'i" so'zidan) — ibtidoiy diniy e'tiqodlarning ilk shakllaridan biri. U kishilarning ma'lum guruhi bilan hayvon va o'simliklarning muayyan turlari (ba'zan tabiat hodisalari, jonsiz narsalar) o'rtasida g'ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor degan e'tiqodga asoslanadi. Hayvonlar, o'simliklar, jonsiz predmetlar totem hisoblangan. Totemlar (ko'pincha hayvonlar) ov qilinmagan, o'ldirilmagan, goʻshti yeyilmagan, ular goʻyo kishilarning qudratli himoyachisi hisoblangan. Qabila, urugʻ har bir aʼzosining hayoti va farovonligi totemga bogʻliq deb qaralgan. Ular oʻz totemini qarindoshi, akasi, otasi, doʻsti deb hisoblagan. Har bir qabila, urugʻ oʻz totemining nomi bilan atalgan. Totemistik eʼtiqod va marosimlar muayyan koʻrinishda koʻp xalqlarda, ayniqsa, Avstraliyadagi qabilalarda saqlanib qolgan.