Dum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dumumurtqali hayvonlar tanasining keyingi qismi. D. suvda hayot kechiruvchi hayvonlarda tana bilan bir tekis qoʻshilib ketgan dumsuzgichni hosil qiladi. Koʻpchilik quruqlikda yashaydigan hayvonlarda D. harakatlanish funksiyasini bajarmaydi, faqat sudralib yuruvchilar va dumli suvda va quruklikda yashovchilar D.i harakatlanishga yordam beradi. Qushlarning D. qismi qisqa boʻlib, unga boshqaruv patlari birikkan. Sut emizuvchi hayvonlar (maymunlar, opossum, ayrim chumolixoʻrlar) D.i daraxt shoxlariga ilashish, sakrovchi hayvonlar (kenguru, qoʻshoyoq, yer tovushqoni)da D. tayanch va boshqaruv yoki parashyut (olmaxon, tyin) vazifasini bajaradi. Kitsimonlarning kalta D.ida suzgichlari joylashgan. Bir qancha sut emizuvchilar (odamsimon maymunlar) D.i yoʻqolib ketgan. Koʻp hollarda umurtqasiz hayvonlar tanasining keyingi qismi yoki oʻsimtasi ham D. deyiladi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil