Areal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Areal (lot. area — maydon, ma-kon) — oʻsimlik yoki hayvonlarning bi-ror turi, turkumi yoki oilasi tarqalgan hudud. Yaxlit (yalpi) A. va ajralgan (boʻlingan) A. farqlanadi. Agar bir A.dagi oʻsimliklarning turlari bir te-kis, oʻz hayotiga qulayroq joylarda koʻp uchrasa — yaxlit A.; yaxlit A. ikki yoki undan ortiq oblastlarga boʻlinsa — aj-ralgan A. paydo boʻladi. Bunda oraliq maydondagi turlarga mansub individlarning bir qismi qirilib ketadi. Turlar bir qancha qitʼa, ummonlarni egallasa (mas, gʻalladoshlar oilasi, chumchuqsimonlar, delfinsimonlar tur-kumlari va boshqalar) keng miqyosdagi, kengayuvchi A. hosil boʻladi. Keng tarqalgan hayvon va oʻsimlik turlari kosmopolit turlar yoki panendemiklar deb ataladi. A. uncha katta boʻlmasligi ham mumkin. Ayrim oʻsimlik turlari (endemiklar) juda che-klangan, tor joylardagina (mas, orolda, gʻorda va boshqalarda) oʻsadi. A. chegarasi doimiy boʻlishi yoki odam taʼsiri bilan oʻzgarishi mumkin. A. doirasida tur individlari barobar taqsimlanmagan boʻladi, markazda koʻproq joylashib, chekkaroqlarida to-bora siyraklasha boradi. Odam faoliyati taʼsirida oʻzgargan A. sunʼiy A. (intro-duksiyalangan va iqlimlashtirilgan turlar A.) deyiladi. Mas, 19-asr oxirlarida ancha serhosil Meksika gʻoʻzasi Amerikadan Oʻrta Osiyo va Zakavkazega yoki kivi oʻsimligi Yangi Zelandiyadan Yevropaga keltirilganidan soʻng, bu yerlarda ular-613ning sunʼiy A. barpo etildi. Tabiatda sochma A., sertarmoq A., tutash A., yondosh A., kengayuvchi A., torayuvchi A., uzilgan A. va boshqa turlari uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil