Pleystotsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pleystotsen (yunoncha: pleistos — eng katta, eng koʻp, kainos — yangi)— toʻrtlamchi sistema (davr)nnnt quyi, eng koʻp (1 million yil chamasida) davom etgan boʻlimi. Pleystotsen umumiy geoxronologiyada. yarus yoki zonaga teng boʻlib, koʻpchilik mintaqalarda oʻz navbatida quyi, oʻrta va yuqori boʻlimlarga ajratiladi. Pleystotsenda Yerning iqlimi sovuqlashgan va oʻrta kengliklarda muzliklar vujudga kelgan. Bu davrda qitʼalarning 27% yuzasi muzlik bilan qoplangan. Baʼzi tadqiqotchilar Pleystotsen boshlarini alohida epoxa (zamon) — eopleystotsenga ajratadilar va unga boshqa olimlar neogenga kiritgan yuqori (kechki) pliotsenni ham qoʻshadilar. Pleystotsen mobaynida hayvonot va oʻsimliklar olamida muhim oʻzgarishlar roʻy bergan, eng qad. odamlar (arxantroplar) paydo boʻlgan. „Pleystotsen“ termi-nini ingliz olimi Ch. Layel kiritgan (1832-yil). Oʻzbekistonda P.ning umumiy qabul qilingan yaruslari yoʻq. Har bir region uchun oʻziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil